ФАРЗАНДЛАРИ СОҒЛОМ ЮРТНИНГ КЕЛАЖАГИ БУЮКДИР

farzandlari so lom yurtning kelazhagi buyukdir

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2017 йил 5 январь куни соғлиқни сақлаш соҳасининг бир гуруҳ етакчи мутахассислари билан учрашди.

2017-YILDAN BOSHLAB OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA HUJJATLAR 15-IYUNDAN 15-IYULGA QADAR QABUL QILINADI

Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi matbuot anjumani o'tkazdi.

Qabul17

2017-2018 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalariga hujjatlar qabul qilish muddati 15 iyundan 15 iyulga qadar bo'ladi. Oliy harbiy ta'lim muassasalaridagi test sinovlari esa 5 iyul kuni o'tkaziladi.

 

«Синовлар эл-юртимизни янада бирлаштирди» — Шавкат Мирзиёев

 

Mirziyoyev2

Ўзбекистон Президента Шавкат Мирзиёев мамлакат халқини Янги йил билан табриклади. Давлат раҳбари телетабрикни бевосита ўзи йўллади.

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING VIRTUAL QABULXONASI O‘Z ISHINI BOSHLADI

Virtual qabul

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarni zudlik bilan ko‘rib chiqish,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi yil arafasida – 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi.

Mirzieev

Uchrashuvda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlari, Fanlar akademiyasi a’zolari, yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, ta’lim tizimini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyot taraqqiyotiga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi. Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan. Ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap, dedi Prezidentimiz. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag‘batga munosib. Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuqori rivojlanish darajasiga to‘la javob beradi, deb bo‘lmaydi. Yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish, konstruktorlik-texnologik tashkilotlar hamda innovatsiya markazlarini tashkil etish zarur. Marketing va litsenziyalash xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakatimiz ilmiy-innovatsion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbiq etishda yaqqol sezilmoqda. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhimligi alohida qayd etildi. Yangi texnologiyalarni joriy qiluvchi korxonalarga imtiyozlar va preferensiyalar berish ilm-fanga investitsiya kiritadigan korxonalar soni sezilarli darajada oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud ilmiy salohiyat va mablag‘larni iqtisodiyot tarmoqlarining buyurtmalari va muayyan muammolarni yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor tadqiqotlarga yo‘naltirish zarur. Jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni zamonning o‘zi talab qilmoqda, dedi Prezidentimiz. Xorijning yetakchi o‘quv va ilmiy muassasalarida ta’lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish kerak. Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida e’tirof etilgan olimlar ko‘p. Ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo‘lda hech narsani ayamaymiz, dedi davlatimiz rahbari. Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan takliflar, jumladan, zamonaviy texnoparklar, Akademiklar shaharchasida erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bo‘lgan Innovatsion markaz tashkil etish bo‘yicha tashabbusi ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, sohaga mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etish imkonini berishi ilm-fan ahli tomonidan alohida ta’kidlandi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.Solihov, Fanlar akademiyasi akademiklari A.Qayumov, M.Salohiddinov, R.Ubaydullayeva, S.Rashidova, A.Glushenkova, T.Daminov, J.Bozorboyev, B.Yo‘ldoshev, B.Nazarov va boshqalar Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan farmoni soha rivojida muhim rol o‘ynashini ta’kidlab, mavjud dolzarb masalalar, mamlakatimizda ilm-fan hamda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Prezidentimizga mamlakatimizda ilm-fan va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlayotgani, ilm ahlini rag‘batlantirishga qaratayotgan alohida e’tibori uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotimizning barcha sohalari taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni, ahamiyati g‘oyat katta ekani, bu borada davlatimiz birinchi galda Fanlar akademiyasi va olimlarga suyanishini, fan va ishlab chiqarish hamkorligi bugun nihoyatda dolzarb ekanini alohida ta’kidladi. Yig‘ilganlarni yana bir bor Yangi yil bayrami bilan qutladi.

Источник: uza.uz