- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 53
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KARMANA TUMANI HOKIMI VALIJON ADIZOVNING BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar, aziz opa-singillar!
Bugun bahorning ilk kunlarida, tabiat uyg‘onayotgan fursatda, dunyoga mehr-oqibat, go‘zallik va nafosat tarqatguvchi siz aziz ayollarni eng go‘zal bayram – 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Zero, ushbu bayramning aynan bahorning ilk kunlarida nishonlanishida ham keng ma’no mujassam bo‘lib, munis ayollarimiz bahor kabi hayotimizga yangilanish va yasharish, qalbimizga quvonch va shodlik tuyg‘ularini ulashadi.
Shuni quvonch bilan aytishimiz mumkinki, istiqlol yillarida yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni ijtimoiy himoyalash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish borasida samarali ishlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, ona va bola salomatligini mustahkamlash, jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan yetuk yosh avlodni voyaga yetkazish, sog‘lom turmush tarzi kabi masalalar eng ustuvor vazifalar etib belgilanganligi, bu borada barchamizga kuch-g‘ayratlarimizni ishga solishimiz, faol va fidoyi bo‘lishimizga undaydi. Eng muhimi, yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlar, yuksak e’tibor bois, ayollarimiz xoh ishlab chiqarish, xoh fan va ta’lim, xoh sport yoki madaniyat sohasi bo‘lsin o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini, iste’dod va iqtidorlarini namoyon etib kelmoqdalar.
Ular saflarida Davlat mukofoti sohibalari, umuman olganda barcha soha vakilalarining borligi bizni mamnun etadi, hayotimizga o‘zgacha shukuh, o‘zgacha fayz baxsh etadi. Eng quvonarlisi shundaki, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan Karmana tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi Xusenova Nasiba Ismatovna II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlangani barcha tumandoshlarimiz uchun faxrlidir.
Jamiyatimizda fidokorona mehnati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan qadri baland ayollarimizning buyuk xizmatlari bilan har doim haqli ravishda faxrlanamiz.
Oradan yillar, asrlar o‘tadi, lekin onani, ayolni doimo e’zozlab, ardoqlab yashashga intilish tuyg‘usi qalbimizda abadiy saqlanib qoladi.
Aziz opa-singillar, mehridaryo onaxonlar!
Sizlarni va siz orqali tumanimiz ayollarini 8 mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, bahoriy xush kayfiyat, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!
Hech qachon qalbingizda xursandchilik, chehrangizdan kulgu arimasin!
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin!
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 80
Zararkunanda Olma mevaxo‘ri hasharotiga qarshi kurash choralari.
Olma mevaxo‘rining zarari asosan mevani shikastlashi, uning sifatini pasaytirib hosildorlikni kamaytirishi bilan ifodalanadi. Turli yillarda iqlim sharoiti hamda tabiiy kushandalarning ahamiyatiga qarab bu hasharotga qarshi kurashilmasa, u urug‘li meva daraxtlarining hosildorligini 30% dan 70% gacha kamaytirib yuborishi mumkin. Kapalaklari qanot yozganda 17-22 mm keladi, oldingi juft qanotlari kulrang, eng uchida yirik burchak dog‘i bor, qanotlarini yig‘ib o‘tirganida ular o‘ziga xos umumiy dog‘ni tashkil qilib, boshqa kapalaklardan keskin ajratib turadi. Orqa juft qanotlari och qo‘ng‘ir tusli. Qanotlarining tashqi chekkasida kalta, qoramtir popugi bo‘ladi. Tuxumi yumaloq (1,5 mm) yassi, rangi oqish. Tuxumdan chiqqan qurti oqish tusda. Keyinchalik qurtning boshi va ensa usti och qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish tusga kiradi. Voyaga yetgan qurtning kattaligi 19 mm keladi, usti pushti, ost tomoni oq yoki sarg‘ish. G‘umbagi oq yumshoq pilla ichida joylashadi, kattaligi 10-12 mm, tusi jigarrang, 8 va 9-segmentlarida hamda qorin oxirida bir qator tikanlari mavjud. Olma mevaxo‘ri oxirgi yosh qurt shaklida (po‘stloq osti, soxta belbog‘, yashik, qop, xascho‘plar osti, yer sathiga yaqin tuproq) qishlab chiqadi. Bahorda o‘rtacha 10 kunlik havo harorati 10°Cdan oshishi bilan qurtlar sekin-asta g‘umbaklana boshlaydi. Bu jarayon cho‘zilganligi sababli, kapalak uchib chiqishi ham 1,5-2 oyga cho‘ziladi. Olma mevaxo‘rining sharoitga moslashish qobiliyati yuqori, hatto ayrim qishlab qolgan (diapauzadagi) qurtlar keyingi yilgacha qolib ketishi mumkin. Kapalaklar uchib chiqishi qurtlar g‘umbaklanganidan 2-3 hafta keyin sodir bo‘lishi mumkin. Bunda birinchi bo‘lib erkak zotlar paydo bo‘ladi
Olma mevaxo‘ri olma, nok bog‘larida keng tarqalib, hosilli mevali daraxtlarga katta zarar yetkazadi. Uning lichinkalari mevalar bilan oziqlanib, yaroqsiz holga keltiradi. Mevada teshikcha hosil qilib, muddatidan oldin to‘kilishiga olib keladi. Bu bog‘bonlar uchun katta yo‘qotish bo‘ladi.
Olma mevaxo‘ri lichinkalariga qarshi kurashda kimyoviy va biologik insektitsidlar ishlatiladi. Bunda foydali hasharotlar hamda changlatuvchilarga qiron keltirmaslik uchun ehtiyot bo‘lib foydalanish zarur. Shuningdek, yiqilgan yoki zararlangan mevali shoxlarni olib tashlash, yo‘q qilish kabi sanitariya choralari qishlaydigan lichinkalar populyatsiyasini kamaytirishga yordam beradi. Erkak olma mevaxo‘rini chalkashtirib yuborish uchun ko‘p miqdorda sintetik feromonlar ishlab chiqarilgan. Bu feromonlar juftlashishni buzib, ularning populyatsiyasini nazorat qilishga yordam beradi. Feromon tuzoqlari va vizual tekshiruvlar yordamida mevali bog‘larni muntazam ravishda kuzatib borish olma mevaxo‘ri zararkunandasini erta aniqlashga yordam beradi. Har bir feromon tutqichda I avlodida bir hafta mobaynida 5 ta va undan ko‘p, II va III avlodlarida 2-3 dona kapalak ushlanib, 10 ta mevaning bittasi zararlangan bo‘lsa, kimyoviy hamda boshqa usullarni qo‘llash kerak.
Navoiy viloyati O‘KCHM inspektorlar:
Mardonov Sirojiddin
Barnoyeva Zarifa
Mo‘minova Mohichehra
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 127
Pomidor jigarrang bujmayish kasalligi
Pomidor mevasining jigarrang bujmayish virusli kasalligi (ToBRFV) eng avval 2015 yili Iordaniya va Isroilda topilgan.
Ushbu o‘simlik virusi juda tez tarqalgan. O‘zbekistonda esa 2021 yil issiqxonalarda aniqlangan. Pomidorning jigarrang bujmayish kasalligi ko‘pincha pomidor va qalampirda uchraydi. Shirin qalampirda esa simptomlar yosh barglardagi tomirlarning mozaikasi, rangi o‘zgarishi, ildizning qorayishi va meva shaklining buzilishiga olib keladi. Virusning asosiy tashuvchilari pomidor va qalampir hisoblanadi. Ushbu kasallik mexanik ravishda turli xil asbob-uskuna, kiyim-kechak, qalampir va pomidor urug‘laridan tarqaladi.
ToBRFV virusi bilan zararlangan o‘simlikda kasallik belgilari tezda namoyon bo‘lmaydi va o‘simliklarning turi hamda naviga, atrof-muhit va sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Jigarrang dog‘lanish, nekrotik shikastlanish paydo bo‘ladi, yon shoxlardagi yosh barglar och yashil rangga kiradi. Bujmayish (deformatsiya), shakl o‘zgarishi, ignasimon rivojlanish yuzaga keladi, barg sirtida pufakchalar paydo bo‘ladi. O‘simlik barglari sekin-asta so‘lib, sarg‘ayadi va u butunlay qurib qoladi. Mevalarda esa och yashil rangdagi marmarsimon dog‘lanish, shakl o‘zgarishi kuzatiladi. Hosilning bir vaqtda pishib yetilmasligi hamda xom mevalarda qora dog‘lar hosil bo‘ladi. Mevalarda jigarrang bujmaygan dog‘lar kam uchratiladi.
ToBRFV virusi bilan zararlangan o‘simlik rivojlanishi sezilarli darajada pasayadi va boshqa kasalliklarga chalinish xavfi ortadi. Ba’zi hollarda o‘simlik butunlay nobud bo‘lishi mumkin. Pomidor navlarining barchasi ushbu virusga qarshi kurashish xususiyatiga ega emas. Mevalari sifatining pasayishi, xaridorgirligining kamayishi hisobiga mahsulot eksportiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kasallik o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini susaytiradi hamda hosildorlikni kamaytirib yuboradi, hosildorlik 25-50 foizgacha, mevalarining hajmi 19-54 foizgacha maydalashib ketadi.
Virus mexanik vositalar bilan osongina tarqalishi sababli, kasallik epidemiyalariga qarshi kurashda va ta’sirni kamaytirishda sanitariya-gigiyena amaliyotiga alohida e’tibor berish lozim. Virus issiq xonalarda ishlatiladigan assob-uskunalar yuzasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Teri va qo‘lqopda kamida ikki soat, qattiq plastmassalarda kamida uch soat, shisha, alyuminiy va zanglamaydigan po‘latda kamida bir oy saqlanib qoladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar jismlar sirtidagi virusni yo‘qotishda samarali foyda beradi, lekin faqat bir soatdan keyin ta’sir qiladi. Plastik idishlardan virusni yo‘q qilish uchun 90 daqiqa 5°C darajasida issiq suvda (70 daqiqa 5°C) namlanadi va keyin virkon bilan ishlanadi. Xar bir pomidor va qalampir yetishtirilayotgan issiqxonada kirish qismlariga dizbaryerlarni tashkil etish, ishlovchilarda maxsus kiyim va dezinfeksiyalovchi vositalar bo‘lishi lozim.
Navoiy viloyati O'KCHM inspektorlar:
Mardonov Sirojiddin
Barnoyeva Zarifa
Mo'minova Mohichehra
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 79
Viloyat prokurori Azamat Mirzayev Karmana tumani Narpay mahallasiga tashrifi chog‘ida gulchilikka ixtisoslashtirish bo‘yicha mas'ullarga bir qator topshiriqlar berilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Karmana tumani hokimi Valijon Adizov hamda tuman prokurori Zokir Barnayev tomonidan tumandagi gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir guruh tadbirkorlar tajriba almashish maqsadida Toshkent viloyati, Qibray tumaniga yuborildi.
Ayni paytda tadbirkorlar Qibray tumanida bo‘lib, gulchilik borasida amalga oshirilgan ishlarni batafsil o‘rganishmoqda.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 108
Хотин-қизлар бандлигини таъминлаш долзарб масала
Хотин-қизлар бандлигини таъминлаш — бу фақат аёллар ҳуқуқлари ва имкониятларига оид масала эмас, балки бутун жамиятнинг ижтимоий-иқтисодий тараққиёти учун муҳим аҳамиятга эга бўлган долзарб масала. Одамлар ҳуқуқи, тенглик, ва иқтисодий инклюзия сингари ўзаро боғлиқ принциплар аёллар бандлигини таъминлашда асосий йўналишларни ташкил этади. Шу билан бирга, хотин-қизлар бандлиги уларнинг яшаш даражаси, иқтисодий мустақиллиги ва жамиятдаги ролига таъсир кўрсатади.
1. Хотин-қизлар бандлигининг аҳамияти
Аёллар жамиятнинг барча соҳаларида фаол иштирок этишлари ва ўзаро тенгликка асосланган ишлаш шартларига эга бўлишлари керак. Бунда хотин-қизлар бандлигини таъминлашнинг икки муҳим жиҳати бор:
- Иқтисодий тараққиёт: Аёллар иш бозорига интеграцияланганда, иқтисодий фаолиятга янгича кўзқараш ва ижтимоий инвестициялар киритилади. Шунга кўра, аёллар ишлаб чиқариш, хизмат кўрсатиш ва савдо соҳаларида муваффақиятга эришса, мамлакат иқтисодиётининг ривожи таъминланади.
- Социо-ижтимоий тараққиёт: Аёлларнинг меҳнат фаолиятида иштирок этиши, оиладаги ролини ўзгартириб, уларнинг ижтимоий мавқеини кўтаришга ёрдам беради. Бундан ташқари, аёллар оилада иқтисодий мустақилликка эга бўлишлари уларнинг жамиятдаги ва давлатдаги қарор қабул қилиш жараёнларида фаол иштирок этишларига олиб келади.
2. Хотин-қизлар бандлигини таъминлашдаги асосий тўсқинликлар
Хотин-қизлар бандлигини таъминлашда бир қатор тўсқинликлар мавжуд:
- Иш хуқуқи ва шарт-шароитларининг камлиги: Кўплаб мамлакатларда хотин-қизлар меҳнат бозорида эркаклар билан тенг ҳуқуқларга эга эмаслар. Қайд этиш жоизки, аёллар кам ҳақ тўланадиган ва паст статусли ишларда ишлашга мажбур бўлишади.
- Маданий ва ижтимоий тўсқинликлар: Баъзи жамиятларда аёлларнинг ишлаш ҳақидаги маданий қарашлар бу масалани кескин чеклайди. Кўп ҳолларда аёллар оилавий вазифаларни бажариш учун ишга чиқишни қийинлаштирадиган соҳага айланади.
- Баланслашмаган маошлар ва имкониятлар: Аёллар ва эркаклар ўртасидаги маошлар ва мансаб имкониятларидаги тенгсизлик бандликдан келиб чиқадиган муаммоларнинг яна бир асосий сабабидир. Шундай қилиб, аёлларнинг ижтимоий ва иқтисодий тараққиётига уринишлар камроқ ва сўнгги пайтларда кўпроқ тўсқинликларга дуч келади.
3. Хотин-қизлар бандлигини таъминлаш йўналишлари
- Тенгликни таъминлаш: Аёллар ва эркаклар ўртасидаги тенг ҳуқуқлар асосида иш шартлари яратилиши керак. Мақсад — аёллар учун тенг маош, тенг имкониятлар, ва фаолиятни ривожлантириш учун қулай муҳитни ташкил қилиш.
- Қайта тайёрлаш ва малака ошириш дастурлари: Аёлларга, айниқса, кам таъминланган ёки кўчманчи турмуш тарзига эга бўлган аёлларга, янги малака ва касбларни ўрганиш имконияти яратилиши керак. Бу на фақат уларнинг бандлигини таъминлайди, балки иш бозоридаги рақобатдошлигини оширади.
- Меҳнат қонунчилигини ривожлантириш: Аёлларга нафақат меҳнат ҳуқуқлари, балки ушбу ҳуқуқларни амалга ошириш имкониятларини таъминлаш мақсадида самарали ва ишончли меҳнат қонунчилигини яратиш талаб этилади.
- Ижтимоий инклюзия: Жамиятда аёллар учун имкониятларни кенгайтириш, уларнинг ижтимоий ҳаётига фаол қатнашишини таъминлаш учун зарур чора-тадбирлар амалга оширилиши керак.
4. Хотин-қизлар бандлиги ва жамият тараққиёти
Хотин-қизлар бандлигини таъминлаш жамиятнинг умумий тараққиёти учун муҳимдир. Аёлларнинг иқтисодий фаолиятини тиклаш, уларнинг ҳуқуқ ва имкониятларини кенгайтириш орқали, мамлакатлар ўзларининг ижтимоий ва иқтисодий ривожланишга эришишлари мумкин. Бунинг натижасида, нафақат аёллар, балки жамиятнинг барча қатламлари учун юқори ҳаёт даражасига эришиш мумкин бўлади.
Шу билан бирга, аёлларнинг меҳнат бозорига чиқиши уларнинг ижтимоий ва психологик ҳолатларини яхшилашга, оилавий муносабатларни мустаҳкамлашга ёрдам беради. Бундан ташқари, аёллар жамиятнинг барча соҳаларида эркаклар билан тенг иштирок этишлари, турли тадбирлар, мансаблар ва ишдаги имкониятлар уларнинг ижтимоий рольлари ва жамиятдаги мавқеини қайта кўриб чиқишга ёрдам беради.
Хулоса
Хотин-қизлар бандлигини таъминлаш — бу жамиятнинг ижтимоий ва иқтисодий тараққиётининг муҳим жиҳатидир. Қачонки аёллар ишга чиқиб, иқтисодий мустақилликка эга бўлсалар, жамият ҳам яхшиланади. Шундай экан, давлатлар ва жамиятлар ушбу мақсадга эришиш учун аёлларнинг бандлигини таъминлашга, уларнинг ишлаш шароитларини яхшилашга ва ижтимоий муҳофаза қилишга интилишлари керак.
Кармана тумани ҳокими ўринбосари, Оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Наргис Шомиева