ISLOHOTLAR INSON QADRI UCHUN
Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman Kengashi deputati, tadbirkor Yusuf Murodov, tegishli mas'ul rahbarlar bilan birgalikda "Qahramon" mahallasida bo‘lib, daromadi past oilalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Tuman rahbari fuqarolar bilan samimiy suhbatlashgan holda ularning muammolari va takliflarini tingladi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalarni tegishli tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha mas'ullarga bir qator topshiriqlar berildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, bugunga qadar daromadi past oilalarga 3 ta tikuvchilik dastgohlari, 2 ta pishiq pechlari olib berildi. shu bilan birgalikda 3 ta xonadonga uy ta'mirlanishida issiqxona qurib berilishida hamda ishga joylashishida amaliy ko‘mak berildi.