KARMANADA YANGI MAHALLA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

 

Karmana tumanidagi “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosining foydalanishga topshirilishi mahalla ahliga Ramazon hayiti bayrami munosib sovg‘a bo‘ldi.


2022-yilining 25-oktyabrida respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’yektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilingan edi.

Unga ko‘ra, barcha hududlarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini tizimli va rejali amalga oshirish uchun “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning yig‘ma parametrlari” tasdiqlangan.

– Binomizning qurib foydalanishga topshirilishi biz uchun muborak Ramazon hayiti bayrami arafasida haqiqiy sovg‘a bo‘ldi, – deydi mahalla raisi Shodiyeva Gulnoz. – Shu kunga qadar mahallamiz binosi ta'mirtalab ahvolda edi. Ayni paytda mahallamizda 441 ta xonadonda 2192 nafar aholi istiqomat qiladi. Yangi binoda xodimlarning ish olib borishi uchun barcha sharoit va qulayliklar mavjud. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalangan holda aholimizning turmush tarzini yanada yaxshilash, ishsizlik darajasini kamaytirish uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz.

Mahalla binosining ochilish marosimida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi va bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Tuman hokimi F.S.Umarovning
Ramazon hayiti munosabati bilan tuman ahliga
BAYRAM TABRIGI

 

 

Qadrli tumandoshlar!

Xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etadigan qadimiy bayramimiz – Ramazon hayitini keng nishonlayotganimiz xalqimizga quvonch ulashmoqda.

Ayniqsa, Davlatimiz Rahbarining joriy yil 20 aprelda Ramazon hayitini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, jamiyatimizda insonparvarlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan Farmoni muqaddas dinimizga bo‘lgan e’tibor namunasidir, albatta.

Shu fursatdan foydalanib, Sizlarni va sizlar orqali tumanimiz ahlini ushbu ulug‘ ayyom Ramazon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Hurmatli tumandoshlar!

Joriy yilgi Ramazon oyi har yilgidanda o‘zgacha ruhda va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi albatda. Joriy yil Ramazon oyligi doirasida butun Respublikada bo‘lgani kabi tumanimizdagi 5 ta jome masjidlarida ham xatmi Qur’onlar bir vaqtda boshlanib, qariyb bir oy davomida Qur’on tilovatlar qilinib, jonajon Vatanimizning tinchligi va ravnaqi hamda halqimizni farovon yashashliklari uchun ko‘plab duolar qilindi.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, yurtimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini ko‘z qorachig‘idek saqlash hamda mustahkamlash, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag‘rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda.

Darhaqiqat, keskin va tahlikali sharoitda, tevarak-atrofda bo‘layotgan turli fojialar, xunrezliklar hamda har xil xurujlar mohiyatini teran anglab, hushyorlik va ogohlikni yanada oshirish hammamizning muqaddas burchimiz bo‘lishi kerak.

Shu o‘rinda, Prezidentimizning “Musulmonchilik har birimizning yuragimizda, vijdonimizda bo‘lishi lozim. Inson imon-e’tiqodli bo‘lsa, yurtiga sodiq bo‘lib xizmat qilsa, u haqiqiy vatanparvar bo‘ladi”, degan da’vatiga amal qilib, qalbimizga jo qilsak har tomonlama o‘rinli bo‘ladi.

Aziz tumandoshlar!

Yana bir bor Sizlarni va siz orqali barcha tumanimiz ahlini ulug‘ ayyom Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

KARMANA TUMANI VA NINGBO SHAHRI SYANSHAN OKRUGI O‘RTASIDA QARDOSH SHAHAR ALOQALARI VA HAMKORLIK O‘RNATISH BO‘YICHA MEMORANDUM IMZOLANDI

 

         Karmana tumani hokimi Faxritdin Umarov Xitoy Xalq Respublikasi Chjeszyan viloyati Ningbo shahri Syanshan okrugidagi Niu Jingying xonim rahbarligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

 

           Ushbu uchrashuvda Ikkala tomon ham do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga amal qilgan holda iqtisodiyot va savdo, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, gumanitar fanlar sohalarida, inson resurslarini rivojlantirish va o‘qitish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish muhokama qilindi.


               Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Karmana tumani hokimligi va Xitoy Xalq Respublikasi Chjeszyan viloyati Ningbo shahri Syanshan okrugi o‘rtasida qardosh shahar aloqalari va hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

 

KARMANA TUMANIDAGI “TASHABBUSLI BYUDJET”NING GʻOLIB LOYIHALARI EʼLON QILINDI

 

 

              Ushbu loyihaning birinchi mavsumida “Open Budjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 mln.dan ortiq ovoz berildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 1 666 ta loyiha gʻolib deb topildi.

          Karmana tumanida ham 4 ta tashabbus gʻolib deya topilgan. Ular bilan quyidagi manzil orqali (https://openbudget.uz/boards-list/1?stage=3&page=1&region=6&district=74&limit=12) tanishib chiqishingiz mumkin.

Gʻolib deb topilgan tashabbuslar roʻyxati

1️⃣ loyiha https://openbudget.uz/boards-list/1/015cf6be-eb24-4995-898a-e2b49b848459
2️⃣ loyiha https://openbudget.uz/boards-list/1/49af9645-78af-4823-9f6b-c6e6408844a3
3️⃣ loyiha https://openbudget.uz/boards-list/1/adbf4e36-f7eb-42c1-a3fa-4919a65bb3d7
4️⃣ loyiha https://openbudget.uz/boards-list/1/32b1fde7-0a00-4c62-8eff-4f27c4089aa2

 

Кармана туманида амалга оширилиши лозим бўлган лойиҳалар МЕДИА - РЕЖАСИ