KARMANALIK YOSHLAR TASHABBUSI BILAN FUTBOL MAYDONI QAYTA TA'MIRLANDI

 

Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman prokurori Zokir Barnayev, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi huzuridagi NNT qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi direktori Hamid Jumayev, tegishli mas'ul rahbarlar hamda mahalladagi futbolchi yoshlar ishtirokida qayta ta'mirlangan futbol maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda dastlab tuman rahbari so‘zga chiqib, ushbu futbol maydodni qurilishi tashabbusi bilan chiqqan yoshlarni e'tirof etgan holda yosh futbolchilarga kelgusidagi musobaqalarda omad va zafarlar tiladi. Shundan so‘ng, sportchi yoshlarga maxsus sport kiyimlari topshirildi.

 

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish joizki, "Tashabbuskor Yoshlar Markazi" jamoat birlashma raisi Toshpo‘latov Ilhom "YANGI MAYDON -YANGI YULDUZLAR" loyihasi Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi huzuridagi NNT qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi tomonidan g‘olib deb topilib, 22 million so‘m davlat granti mablag‘lari ajratilgan holda tumandagi 20-umumta'lim maktabiga qarashli futbol maydoni qayta ta'mirlandi.