KАRMАNА TUMАNIDА SITRUS MEVАLАR YETIShTIRILMOQDА

Karmana tumfni Azamat MFY xududida  barpo etilgan issiqxonada tadbirkor Yigitali Toirovning  tashabbusi asosida papaya daraxti yetishtirilmoqda.
 -Papayyani dehqonlar “Qovun daraxti” deb ham atashadi deydi Yigitali Toirov. 3-4 yilcha avval 2 tup koʻchatidan ekkandik. Papayyani shifobaxsh oʻsimlik deb bilishadi. Yerga qadaganingizdan soʻng 6-7 oyda hosilga kirdi. Mevasining ogʻirligi dastlabki yosh daraxtlik vaqtida 1-3 kg, daraxt kattalashga sari uning hosili 5-7 kg gacha yetadi. Bir tup papayyadan 50-60 donagacha meva olish mumkin. Issiq iqlimda oʻsgani bois issiqxona sharoitiga yaxshi moslashadi. Issiqxona harorati 10 darajadan yuqori boʻlganida papayya tinmay gullayveradi. Shunda hosiliyam moʻl boʻladi. Poʻsti oltin rang, ichi zangori bu daraxt odatda tropik oʻlkalarda oʻsadi. Mazasi va hidi yangi uzilgan qovunni eslatadi. “Qovun daraxti” deyilishi ham shundan.
 

Issiqxonada shuningdek, banan,  gibridlangan limon, mandarin daraxtlari va boshqa turdagi kuchatlar ham issiqxona ishchi-xizmatchilari tomonidan parvarishlanmoqda

Issiqxonada yetishtirilayotgan sitrus mevalar doimo tuman oʼsimliklar karantini va himoyasi mutaxassislari tomonidan fitosanitar nazoratdan oʼtkazilib zarur tavsiyalar berib borilmoqda

Oʼsimliklar karantini va himoyasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar davlat nazorati inspektorlari Moxichexra Muminova, Vaxobjon Odilov , Murodulla Xidirov.

 

KUZGI TUNLАM GʼOʼZА KUShАNDАSI

       Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. Et Schiff) zararkunanda paxta ekiladigan qishloq xoʼjalik maydonlarida keng tarqalgan zararkunandalardan biridir.. Zararkunandani aniqlashda yerga chigit ekilgan vaqtdan boshlab dalaga feromon tutqichlar oʼrnatiladi. Dalaga ilingan har bir feromon tutqichga Bir kechada oʼrtacha 3-4 kapalak ilinsa, trixogramma qoʼyish uchun signal boʼlib hisoblanadi. Feromon tutqichga bir kechada 15 tadan koʼp kapalak kelib tushsa va bunday vaziyat 3-4 kun davom etsa dalaga maxsus kurash choralari olib borilishi kerak. Zararkunandaga qarshi biomahsulotni tarqatishda trixogrammani ertalab va kechqurun , har 10 m da bir har gektariga 0,6-1,0 g sarflab; brakon har gektarining 20 ta joyiga tunlam qurtining zichligiga qarab (1:10-15) sxemada tarqatiladi.

     Zararkunandaga qarshi kivyoviy kurash sifatida tavsiya etilagan insektitsidlar avaunt 15% s.k 0,4-0,45, benzofasfat, 30 % em.k 3-3, 3, zolon,35 % em.k2,5-3,0, Endjeo-K 24,7 % sus.k. 0,2. 

         Buni yaxshi anglagan Oʼsimliklar karantini va himoyasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar nazorati davlat inspektori Durman xududidagi “ Аmir Gʼolib” , “Durman javoxiri” , Durman istiqboli”, M.Ibragimov xududidagi “Baxtiyor Turaqulov” , Q.Raximov xududidagi “Аslonov Bobomurod”, Narpay xududidagi “Narpay mirishkori”, “Karimov Roziq”, Xazora xududidagi “Аvez bobo”, “Ibroxim Maqsum” kabi fermer xoʼjaliklari paxta maydonlariga oʼrnatilgan feramon tutqichlarni kunlik nazorat qilib monitoring olib bormoqdalar. Olib borilgan monitoring natijalariga qarab fermer xoʼjaliklariga bugungi kunda amalga oshirilishi zarur boʼlgan agrotexnik tadbirlar doirasida tavsiyalar berilmoqda.

    Shu bilan bir qatorda rivojlanayotgan gʼoʼza nixollarini turli xil zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish maqsadida paxta maydonlariga oltingugurt kukunlari ham quyilmoqda.

Oʼsimliklar karantini va himoyasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar davlat nazorati inspektorlari Odilov Vaxabjon, Xidirov Murodulla, Nazarov Mustafo.


Karmana Tumani hokimi V.Y.Adizovning

Ramazon hayiti munosabati bilan tuman ahliga

BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, hurmatli bayram ishtirokchilari va aziz tumandoshlar!

Xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etadigan qadimiy bayramimiz – Ramazon hayitini keng nishonlayotganimiz yurtdoshlarimizga quvonch ulashmoqda.

Shu fursatdan foydalanib, Sizlarni va sizlar orqali tumanimiz ahlini ushbu ulug‘ ayyom Ramazon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Hurmatli tumandoshlar,

Joriy yilgi Ramazon oyi har yilgidanda o‘zgacha ruhda va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi albatda. Joriy yil Ramazon oyligi doirasida butun Respublikada bo‘lgani kabi tumanimizdagi 5 ta jome masjidlarida ham xatmi Qur’onlar bir vaqtda boshlanib, qariyb bir oy davomida Qur’on tilovatlar qilinib, jonajon Vatanimizning tinchligi va ravnaqi hamda halqimizni farovon yashashliklari uchun ko‘plab duolar qilindi.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, yurtimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va
mehr-oqibat muhitini ko‘z qorachig‘idek saqlash hamda mustahkamlash, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag‘rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda.

Darhaqiqat, keskin va tahlikali sharoitda, tevarak-atrofda bo‘layotgan turli fojialar, xunrezliklar hamda har xil xurujlar mohiyatini teran anglab, hushyorlik va ogohlikni yanada oshirish hammamizning muqaddas burchimiz bo‘lishi kerak.

Shu o‘rinda, Prezidentimizning “Musulmonchilik har birimizning yuragimizda, vijdonimizda bo‘lishi lozim. Inson
imon-e’tiqodli bo‘lsa, yurtiga sodiq bo‘lib xizmat qilsa, u haqiqiy vatanparvar bo‘ladi”,
degan da’vatiga amal qilib, qalbimizga jo qilsak har tomonlama o‘rinli bo‘ladi.

Aziz tumandoshlar!

Yana bir bor Sizlarni va siz orqali barcha tumani­miz ahlini ulug‘ ayyom Ramazon hayiti bayrami bilan chin qal­bim­dan samimiy tabriklayman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz fa­rovonligi yo‘lidagi sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramlaringiz muborak bo‘lsin!

«Аrcha unsimon» qurtining zarari va unga qarshi kurash

choralari haqida


         Bugungi kunda Igna bargli hamda boshqa manzarali daraxt va butalarga zarar yetkazayotgan “Аrcha unsimon qurti” hamda boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida “Dolzarb oʼttiz kunlik” tadbiri eʼlon qilindi. «Аrcha unsimon» qurti zararkunandaning lichinka va urgʼochilari archaning novdalari va barglarini soʼrib zarar yetkazadi. Uning lichinka va urgʼochilari barcha yer ustki qismlari bilan oziqlanadi. Аyniqsa, barglar kuchli darajada zararlanadi.

       «Аrcha unsimon» qurtning kattaligi 2-3 mm boʼlib rangi sargʼish, qizgʼish, kulrang tusda boʼladi. Yetuk (erkak) zotlari mart oyi oxirida, (urgʼochi zot)lari aprelь boshlarida chiqishi kuzatilgan. Ularning tuxum qoʼyishi may oyi davomida va iyunь boshlarigacha davom etib oʼrtacha 280 tagacha tuxum qoʼyadi.

Bu zararkunandaga qarshi kurash ishlarida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur.

       «Аrcha unsimon» qurtini ichki karantin ahamiyatga molik zararkunanda sifatida roʼyxatga olish, zararkunanda tarqalgan joylar va hududlar aniqlanishi hamda bu joylardan archa koʼchatlarini boshqa joylarga yuborilishini qaʼtiyan taʼqiqlanishi shart. Ushbu hashorot xayoti davomida daraxt tanasidagi suyuqlikni soʼrib oziqlanishi va oʼzidan suyuqlik chiqarishi natijasida daraxtni oʼsib rivojlanishi uchun zarur boʼladigan fotosintez jarayonini buzilishi, hamda daraxtning kasalliklarga chalinishi va sovuq haroratga chidamliligi pasayib, igna barglari qorayib qurish holatlari kuzatildi.

         Zararkunandaga qarshi kurashda uning tuxumdan lichinka ochib chiqish davrida kimyoviy preparatlarni qoʼllash yuqori samara berishini inobatga olib kimyoviy ishlovlarni shu davrlarda boshlash kerak.Zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesib unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni oʼsha joyning oʼzida yoqib yoʼqotish shart. Аgrotexnik tadbirlarni oʼz vaqtida va toʼliq bajarish (fosforli, azotli, mikroelementlar Master, Kropsheld, Vegrutlar bilan oziqlantirish).

       Kimyoviy preparatlardan Bi-58 (yangi) 40% em.k, Bagira 20% em.k va Аtilla 5% em.k foydalanish tavsiya qilinadi. Ushbu preparatlarni zararkunandalarning paydo boʼlishi bilan birinchi ishlov oʼtkaziladi va zararkunanda butkul yoʼqolguncha har oʼn besh kunda kimyoviy ishlovlar olib borilishi kerak.

Fitosanitariya nazorati kuchaytirilib, qishloq xoʼjaligi ekinlarini archaning novdalari va barglarini soʼrib zarar yetkazadigan «Аrcha unsimon» qurtidan samarali himoya qilish va manzarali daraxtlarni saqlab qolish choralari koʼrilmoqda. Ish jarayonida sohaning malakali mutaxassislari tomonidan «Аrcha unsimon» qurtlariga qarshi kurashish uchun barcha choralar koʼrilib, tavsiyalar berib borilmoqda.

Tumandagi barcha maishiy va xoʼjalik tashkilotlar tomonidan tezkor ravishda zararkunanda tarkalgan hududlarni aniqlash va unga qarshi kurash choralarini qoʼllash;

zararkunandaga qarshi kurashda uning tuxumdan lichinka ochib chiqish davrida kimyoviy preparatlarni qoʼllash yuqori samara berishini inobatga olib kimyoviy ishlovlarni shu davrlarda boshlash;

zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib, qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesib, unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni oʼsha joyning oʼzida yoqib, yoʼqotish kerak boʼladi.

 

Navoiy viloyati Oʼsimliklar karantini va ximoyasi boshqarmasi Karmana tuman bo'limi fitosanitar nazorat davlat inspektorlari M.Xidirov, M.Muminova, V.Odilov.

KARMANA TUMANIDA “TASHABBUSLI BYUDJET”NING GʻOLIB LOYIHALARI ANIQLANDI

Loyihaning 2024 yildagi birinchi mavsumida “Open Budjet” portalida Karmana tumanidan 12 ta tashabbus gʻolib deya topildi.

Gʻolib deb topilgan tashabbuslar roʻyxati

1. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/9fd7d2d9-1bcf-4faa-9f3c-c39965439adb

2. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/7545f58e-fd91-4127-85a4-fa9a50b7bf5d

3. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/2a5ee099-baa7-4b64-9e42-fd6354f05027

4. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/c5e7bab3-5b4e-4498-af50-4d4e77079db1

5. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/bed4ffbb-51cf-4086-a0de-1f812383c243

6. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/a2189a7d-f2bb-4dc6-8dbb-97400fdbce6b

7. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/09becf99-b94a-4fe6-98d5-9de651e8e780

8. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/4da2f5cf-7cc6-42b5-a48c-01657a5e70df

9. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/00ca5d42-0759-4f4f-ba13-063c4c65a3ee

10. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/727075be-b0a0-4ec6-9442-e8b0d9b3b5cd

11. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/a9383a95-4717-43aa-a514-402aba3ffadc

12. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/8a17e57c-329e-455b-bb17-a564123de0f5