SIZGA DOIM TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZLAR!

 

Bugun Karmana tumanidagi "Muhtasham" tantanalar uyida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha fidoyilari bayram dasturxoni atrofida jam bo‘lishdi.

 

 Bayram tadbirida dastavval tuman hokimi o‘rinbosari E.Kenjayev so‘zga chiqib, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini bayram bilan qutladi hamda ularga yosh avlodga bilim berishdek murakkab ammo sharafli kasbida zafarlar tiladi.

 

Shuningdek, tadbir davomida tumanda Xalq ta’limi tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi samarali mehnati, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh o‘qituvchilarga Maktabgacha va maktab ta'limi a'lochisi ko'krak nishoni topshirildi hamda fidoyi o'qituvchi va murabbiylar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.