Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, "Narpay", "Talqoq" mahallalarida bo‘lib, mahalla mas'ullari tomonidan Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, G‘ijduvon tajribalari asosida aholini tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganishdi.
Xususan, imtiyozli kredit asosida gul yetishtirish, limon yetishtirish, muzlatkich ishlab chiqarish yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning faoliyati bilan tanishildi.
Shuningdek, rahbarlar tadbirkorlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini tinglashdi. Ularni faoliyatini yanada kengaytirgan holda bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, daromadini oshirish bo‘yicha mas'ullarga bir qator topshiriqlar berildi.