KARMANADA ZAMONAVIY TEZ TIBBIY YORDAM MASHINALARI AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISHNI BOSHLADI

 


        Davlatimiz rahbarining ta’birlari bilan aytganda: “Asosiy maqsad – tibbiyot sohasini chinakamiga xalq dardiga darmon bo‘ladigan, yuqori samara bilan ishlaydigan tizimga aylantirishdan iborat”.

 

        Karmana tumanidagi olis hamda aholi soni ko‘p bo‘lgan mahallalarida 3 dona “Volkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam mashinalari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Xususan, "Uyrot", "Do‘rman", "Hazora" mahallalaridagi oilaviy poliklinika yonidagi tez yordam bo‘limining shaxobchalarida zamonaviy talablarga javob beradigan tibbiy yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

 

          Karmana tuman Sanitariya Epidemiologiya Osoyishtaligi va Jamoat Salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan tuman aholisi o‘rtasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, “Botulizm” kasalligi va guruhli ovqatdan zaharlanish holatlarining yuzaga kelishini oldini olish, aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda tibbiy-sanitariya savodxonligini oshirish maqsadida Karmana Dehqon bozorida hamda ushbu bozor hududida faoliyat olib borayotgan umumiy ovqatlanish shaxobchalari, oziq-ovqat savdo va ishlab chiqarish korxonalarida profilaktik tushuntirish tadbirlari olib borildi.

          Tadbir davomida uy sharoitida fuqarolar tomonidan sanitariya va gigiyena qoida va me’yorlariga rioya etmagan holda tayyorlangan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida kerakli tavsiya va ko‘nikmalar berildi.

 

Markaz24.uz | Navoiy Kanal nomi bilan yuritiluvchi telegram Ijtimoiy tarmog‘i kanalida "Karmana tuman hokimligi rasm bilan uzini o‘zi aldab quyibdida yoki fuqarolarni aldagan bo‘lsa kerakda?" (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida e'lon qilingan ma’lumot yuzasidan

 

RASMIY MUNOSABAT

Ushbu holat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, Markaz24.uz | Navoiy Kanal yurituvchisi KARMANA.UZ telegram ijtimoiy kanalida joriy yilning 31-mart kunidagi quvur qopqog‘i soz holatda ekanligi bo‘yicha yoritilgan rasmiy munosabatni yolg‘on maʼlumotligiga iddao qilgan holda joriy yilning 5-oktabr kuni "Karmana tuman hokimligi rasm bilan uzini o‘zi aldab quyibdida yoki fuqarolarni aldagan bo‘lsa kerakda?" sarlavhasi ostida ma'lumot yuklagan. Aslida joriy yilning 31-mart kuni Karmana tuman hududidagi quvur tegishli mas'ullar tomonidan berkitilib, xavfsiz holga keltirilgan va asoslantiruvchi rasmlarni ilova qilgan holda rasmiy munosabat yozilgan. Shuningdek, joriy yilning 5-oktabr kuni Markaz24.uz | Navoiy Kanal tomonidan yuklangan ma'lumot tegishli mas'ullar tomonidan o‘rganib chiqilganda quvur qopqog‘i qayta nosoz holatda ekanligi aniqlandi va muammo zudlik bilan bartaraf etildi.

Markaz24.uz | Navoiy Kanal telegram Ijtimoiy tarmog‘i kanali yurituvchisiga yuqoridagi kabi ma'lumotlarni shaffof tarzda o‘rganib, aniq asoslantiruvchi faktlar orqali yoritishini so‘raymiz.

 

 

Markaz24.uz | Navoiy Kanal nomi bilan yuritiluvchi telegram Ijtimoiy tarmog‘i kanalida "Majburiy mehnat qachongacha davom etadi Navoiyda kattakonlar kabinetda yotib topshiriq berish osonda qonuniy chorasini ko‘rasizlar degan umiddamiza" sarlavhasi ostida e'lon qilingan ma’lumot yuzasidan

 

RASMIY MUNOSABAT

 

Ushbu holat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, Karmana tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan "Yangi hayot" mahallasida barcha hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari majburiy tarzda xatlov o‘tkazishi bo‘yicha topshiriq berilmagan.

 

SIZGA DOIM TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZLAR!

 

Bugun Karmana tumanida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan "Muhtasham" tantanalar uyida soha fidoyilari bayram dasturxoni atrofida jam bo‘lishdi.

 

 

Tadbirda dastavval tuman hokimi o‘rinbosari E.Kenjayev so‘zga chiqib, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini bayram bilan qutladi hamda ularga yosh avlodga bilim berishdek murakkab ammo sharafli kasbida zafarlar tiladi.

 

 

Shuningdek, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalashdagi samarali mehnati, ta’lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishdagi fidokorona xizmatlari uchun bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar alohida e’tirof etilib, taqdirlandilar. Tadbir davomida xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.