30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Karmana tumani hokimi Valijon Adizovning bayram tabrigi

 

Assalomu alaykum, Aziz tumandoshlar, qadrli yoshlar!

        Siz, aziz yoshlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni yurtimizda keng nishonlanayotgan 30 iyun — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz yoshlik inson umrining naqadar go‘zal va beg‘ubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, siz, navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

       Haqiqatan ham, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Ishonchim komil, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz.

     Hurmatli yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev so‘zlari bilan aytganda, Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlaymiz. Har biringiz ushbu e’tibor va e’tirofga munosibsiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!