FERАMON TUTQICHLАR АHАMIYATI

              Karmana tumanida 2024 yil paxta hosili uchun ekilgan 4595 gektar maydonlardagi paxta hosildorligini oshirish uchun karantindagi va boshqa iqtisodiy xavfi yuqori boʼlgan zararkunandalarga alohida eʼtibor qaratish lozim. Bu borada feromonitoring usulining oʼrni katta. Mazkur usul zararkunandaning tabiatda rivojlanishini aniqlash natijasida unga qarshi biologik yoki kimyoviy usulni ishlatishning ilmiy asoslangan muddatini belgilab berib, himoya samaradorligini oshiradi.

“Feromon” – bu hasharotlarni oʼzaro muloqoti uchun ularning maxsus bezlaridan ajratadigan murakkab molekulyar tuzilishga ega boʼlgan organik kimyoviy moddalar aralashmasidan iboratdir. Jinsiy feromon tutqichlar ekologik toza biologik himoya vositasi boʼlib, tashqi muhitga va oʼsimlikka zararsizdir. Jinsiy feromon tutqichlar qoʼllanilishi natijasida zararkunandani paydo boʼlishi, feromonga tushgan zararkunanda miqdoriga bogʼliq holda, unga qarshi kurash muddatlari belgilanadi.

       Jinsiy feromonni asosan urgʼochi zot ishlab chiqaradi. Jinsiy feromon moddasi hasharotlarning maxsus endokrin bezlari tomonidan ishlab chiqilib, oʼzga jinsli zotini jalb etish uchun moʼljallangan. Jalb qilingan hidlar ushbu turga mansub boʼlgan erkak hasharotlar asosan tunda uchrashish (urchish) uchun uchib keladi.

Feromon tutqichlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

1.Feromon tutqichlar yordamida ayni hasharotning bahorda rivojlana boshlagan muddatini va zichligini aniqlash; mavsumda nechta boʼgʼin berganligini, ularning muddatlari va fenogrammasini tuzish.

2.Feromon tutqichlarga ilingan kapalaklar zichligiga qarab qaysi himoya usulini va qaysi fursatda ishlatish kerakligini aniqlash; trixogrammani dalaga tarqatish uchun eng samarali fursatni aniqlash.

         Feromon tutqichlarni ishlash jarayoni shundan iboratki, bunda sunʼiy hidga jalb etilgan erkak kapalak tutqich ichiga joylashtirilgan yelimli qogʼozga yopishib qoladi. Sunʼiy feromon kuchli attraktant hisoblanadi, yaʼni u tabiiy kapalakka nisbatan bir necha bor kuchli jalb etish xususiyatiga ega. Har bir tur hasharot uchun maʼlum struktura va tuzilishga ega boʼlgan oʼzining feromoni mavjud. Аmaliyotda feromon tutqich yordamida ayni hasharot rivojlanishini belgilab, zarur kurash usuli uchun taraddud koʼrish imkoniyati yaratiladi. Bu esa birinchidan, oʼz vaqtida kurash olib borish hisobiga zararning oldini olishga, ikkinchidan behuda ishlov oʼtkazishga chek qoʼyish imkonini yaratadi.

           Feromon tutqichlari: tutqich, yelimli yopishgich,yogʼoch qoziq va feromon moddasi singdirilgan rezina kapsuladan iborat boʼladi. Bugungi kunda kuzgi tunlamga qarshi “ILDIZ QUDTI” feromon tutqichidan foydalanish tavsiya etiladi. Paxta maydonlarida kuzgi tunlam mavjudligini aniqlash uchun 1 ga maydonga 1-2 dona feromon tutqich qoʼyish tavsiya etiladi. Feramon tutqichlarni paxta maydonlarini dala chetlariga oʼrnatish va hosil yigʼib olingunga qadar ularning nazoratini olib borish lozim.

 

Oʼsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari Moxichexra Muminova, Murodulla Xidirov , Rasul Ochilov.