- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 535
Шукроналик – Неъматни зиёда қилади
“Шукр” сўзи аслида миннатдор бўлиш, раҳмат айтиш маъноларида бўлиб, неъматларни ёлғиз Аллоҳ таолодан деб билиш ва У рози бўладиган тарзда сарфлашни англатади. Барча неъматлар Аллоҳ таоло томонидан берилиши ва уни саноғини бандалар ҳисоблай олмаслигини марҳамат қилган. “…Агар Аллоҳнинг неъматларини санасангиз, саноғига ета олмайсизлар…” (иброҳим -34 оят). Ҳақиқатдан ҳам Аллоҳнинг биз бандаларига берган неъматларини ҳисобига етиш мушкул ва оғир иш. Бу неъматлар ичида биз ҳис қилган ва қилмаган, билган ва билмаган беҳисоб неъматлар бор. Чунки Аллоҳнинг Ўзи неъматимни санамоқчи бўлсанглар, ҳисобига ета олмайсизлар деди. Қуръонни яхши билган бизни ота-боболаримиз ҳар бир ўринда, мисол тариқасида дуо қилганларида ҳам “Аллоҳим берган барча неъматларингга беҳисоб, беадад шукроналар бўлсин” деб дуо қилганлар. Шукрона келтирганларида неъматларни ҳисобини, ададини билмаганлиги учун “беҳисоб”, “беадад” деб Аллоҳ таолога ҳамду санолар йўллаганлар. Шукроналикда яшаганлар ва шу неъматларга розилиги бадалига неъматларни янада зиёда бўлишини Аллоҳ ваъда берганлигини билганлар.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 330
Aholi tomorqalari oqova suvi bilan ta’minlanmoqda
Karmana tumani “Kumushkon” mahallasida qariyb 400 ta aholi xonadonlari oqova suv bilan ta’minlanadi.
- “Kumushkon” mahallasi 2018 yilda tashkil topgan bo’lib, mahalla hududida 1200 ta xonadon mavjud, shundan bugungi kunda 600 ta aholini tomorqadan foydalanishida oqova suvi og’riqli muammolardan biri edi, - deydi Karmana tumani Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’I o’rinbosari Sh.Zayniev. – Yilning o’tgan davri mobaynida 120 ta aholi xonadonlariga tuman hokimligi tashabbusi bilan 120 ta artezian quduqlar qazildi. Bugungi kunda aholini tomorqadan foydalanishini yanada yaxshilash maqsadida 3 ta skvajina quduqlari qazilmoqda. Natijada 400 ta xonadonning oqova suviga bo’gan ehtiyoji qoplanadi. Shuningdek, yil yakuni bilan aholini oqova suvga bo’lgan ehtiyojini to’liq bartaraf etish rejalashtirilgani ham takidlab o’tildi.
Aytish mumkinki, bularning barchasi keyingi yillarda qishloq odamlari uchun munosib turmush sharoiti yaratib, aholining yashash darajasini tubdan oshirish maqsadida belgilab olingan ustuvor vazifalarning amaldagi samarasidir.
Tuman hokimligi axborot xizmati 17.08.2021 yil
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 352
“ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДА ЭРКИН ВА ФАРОВОН ЯШАЙЛИК!” ШИОРИ ОСТИДА БЎЛИБ ЎТАДИГАН “МАҲАЛЛАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ” ОЙЛИГИДА ФАОЛ БЎЛАЙЛИК!
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 533
Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Tadbirkorlik subyektlarining takliflariga muvofiq yillar davomida (3 yildan ortiq) faoliyatini amalga oshirmayotgan xo‘jalik subyektlarini soddalashtirilgan tartibda davlat reyestridan chiqarish tadbirlari ko‘rilmoqda.
Davlat reyestridan chiqariladigan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati bilan Davlat xizmatlari agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin.
https://fo.birdarcha.uz/notification/simple_liquidation
Faoliyatini qayta tiklash istagida bo‘lgan xo‘jalik subyektlari taʼsischi va rahbarlari 2021-yil 20-avgustga qadar ro‘yxatdan o‘tgan hududidagi davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari lozim.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, Davlat soliq qo‘mitasining Call-markazi - 1198 hamda 71-202-32-82 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Karmana tuman Davlat soliq inspeksiyasi
____________
Уважаемые налогоплательщики!
В соответствии с предложениями субъектов предпринимательства рассматриваются меры по упрощенному исключению из государственного реестра хозяйствующих субъектов, не осуществляющих финансово-хозяйственную деятельность на протяжении периода (более 3 лет).
Ознакомиться со списком субъектов предпринимательства, подлежащих исключению из Государственного реестра, можно на официальном веб-сайте Агентства государственных услуг.
https://fo.birdarcha.uz/notification/simple_liquidation
Учредителям и руководителям хозяйствующих субъектов, желающим возобновить деятельность, следует до 20 августа 2021 года обратиться в центры государственных услуг в регионах регистрации.
По дополнительным вопросам обращайтесь в персональный кабинет налогоплательщика, Call-центр Государственного налогового комитета – 1198, а также по телефону 71-202-32-82.
Карманинская районная государственная налоговая инспекция 17.08.2021 год
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 344
Sayyor qabul: muammo, echim va samara
Bugungi kunda respublikamizda har bir sohada tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur islohotlar mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlariga etkazish, shuningdek, ularning qiynayotgan muammolariga echim topish maqsadida hududlarda barcha darajadagi rahbarlar va aholi ishtirokida sayyor uchrashuvlar o’tkazib kelinmoqda.
Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunovning bu galdagi uchrashuvi Karmana tumaniga qarashli “Shibzon”, “Arabxona”, “Jaloyir” va “Allon” mahalla fuqarolari ishtirokida tashkil etildi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, tijorat banklari va barcha mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda dastlab viloyat hokimi Q.Tursunov, bu kabi sayyor uchrashuvlar tashkil etishdan asosiy maqsad aholi bilan bevosita muloqotda bo’lish, shuningdek, fuqarolarni o’ylantirayotgan har qanday murojaatlarini ko’rib chiqish va mavjud muammoli holatlar yuzasidan amaliy yordam ko’rsatish ekanligini takidlab o’tdi.