01 107TASHQI REKLAMALARNI JOYLASHTIRISH TALABLARIGA RIOYA QILISH ZARUR

Tuman hokimligining ishchi guruhi tomonidan tumandagi tashqi yozuvlar, jumladan, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi Qonun hujjatlariga muvofiqligi o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasiga to‘g‘ri kelmaydigan hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan 30 dan ortiq lavhalar, e’lon va boshqa axborot matnlari olib tashlandi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga reklama vositalarini qonunga muvofiq joylashtirish lozimligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bu kabi o‘rganishlar tumanda muntazam ravishda olib borilmoqda.

Tuman hokimligi axborot xizmati 11.08.2021 yil