01 02 копияSayyor qabul: muammo, echim va samara

Bugungi kunda respublikamizda har bir sohada tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur islohotlar mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlariga etkazish, shuningdek, ularning qiynayotgan muammolariga echim topish maqsadida hududlarda barcha darajadagi rahbarlar va aholi ishtirokida sayyor uchrashuvlar o’tkazib kelinmoqda.
Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunovning bu galdagi uchrashuvi Karmana tumaniga qarashli “Shibzon”, “Arabxona”, “Jaloyir” va “Allon” mahalla fuqarolari ishtirokida tashkil etildi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, tijorat banklari va barcha mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda dastlab viloyat hokimi Q.Tursunov, bu kabi sayyor uchrashuvlar tashkil etishdan asosiy maqsad aholi bilan bevosita muloqotda bo’lish, shuningdek, fuqarolarni o’ylantirayotgan har qanday murojaatlarini ko’rib chiqish va mavjud muammoli holatlar yuzasidan amaliy yordam ko’rsatish ekanligini takidlab o’tdi.


Shundan so’ng, bevosita aholining turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Xususan, fuqarolar tomonidan uy-joyini ta’mirlash va sog’ligini tiklashda moddiy ko’mak, tadbirkorlik faoliyatini kengaytitishda kredit mablag’lari hisobidan tikuv mashikalari olish va kommunal soha bilan bog’liq bir qator murojaatlari o’rganildi.
Uchrashuv davomida huquqiy tushuntirish va amaliy yordam ko’rsatish orqali 21 ta murojaatlar joyida o’z echimini topgan bo’lsa, muddat talab qiladigan 17 ta murojaatlar tegishli mas’yllarga yo’naltirilib, viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

01 03 копия

01 04 копия

Tuman hokimligi axborot xizmati 13.08.2021 yil