Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirokida Departamentning Navoiy viloyati Karmana tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Isroilovni munosib kuzatib qoʼyishdi.

Rahbarlar tomonidan Anvar Isroilovga ish faoliyati davomida Karmana tumanining rivoji yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida omad va zafarlar tilagan holda to‘n kiydirildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Departamentning Navoiy viloyati Karmana tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Ahtamov Elyor Ixtiyorovich tanishtirildi hamda kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilandi.

KARMANADA HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

 

Bugun Karmana tumanidagi "Madaniyat markazi" ning majlislar zalida tuman hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirokida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Tuman rahbari dastlab, innovator yoshlarning loyihalari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Ularning loyihalarini yanada puxta qilgan holda hayotga tadbiq etish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng, yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Ushbu takliflarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Uchrashuv davomida tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarga tuman hokimi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

KARMANADA YANGI MAHALLA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

 

Bugun Karmana tumanida Davlat-xususiy sherikchilik asosida yangidan barpo etilgan "Kumushkon" mahallasi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Elyor Kenjayev, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Sobir Baxronov, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida mahalla binosi hududida tashkil etilgan milliy taomlar ko‘rgazmasi, milliy sport o‘yinlari tomosha qilinib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shundan so‘ng, rahbarlar so‘zga chiqib, mahalla ahlini shodiyona kun bilan muborakbod etdi. Mahalla binosini barpo etilishida mas'uliyat bilan xizmat qilgan tadbirkorga tuman hokimining tashakkurnomasi topshirildi. Shuningdek, ramziy lenta kesish marosimi o‘tkazilib, ushbu mahalla binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqildi. Nuroniy otaxon va onaxonlar tomonidan ushbu mahalla mas'ullarining faoliyatiga omad tilab, duolar qilindi.

Karmana tumani hokimi Valijon Adizovning Ramazon hayiti munosabati bilan tuman ahliga yo‘llagan tabrigi

 

 

Tuman hokimi V.Adizovning “Navro‘z”
umumxalq bayrami munosabati bilan tumandoshlarimizga yo‘llagan
TABRIGI

ASSALOMU ALAYKUM!
Qadrli yurtdoshlar, aziz tumandoshlar!
             Ayni kunlarda barchamiz diyorimizga kirib kelayotgan, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lgan Navro‘zi olamni cheksiz hayajon bilan kutib olmoqdamiz. Fursatdan foydalanib, Sizlarni, Siz azizlar orqali, tumanimiz ahlini, yurtimizning eng qadimiy va eng aziz bayrami – Navro‘z umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bu bayram asrlar davomida xalqimizning eng ezgu qadriyatlarini, mehr-oqibat, hamjihatlik va birdamlik kabi insoniy fazilatlarini o‘zida mujassam etib kelmoqda.
           Navro‘z – tabiat uyg‘onishi bilan birga inson qalbidagi yangi niyatlar, orzu-umidlar ham yashnay boshlaydigan, yangilanish ramzi bo‘lgan bayramdir. Bugun biz ushbu qutlug‘ ayyomni tinchlik va barqarorlik hukm surayotgan yurtimizda, katta shodu-xurramlik bilan nishonlamoqdamiz.
Albatta, Navro‘z shunchaki tabiatning uyg‘onish fasli emas, balki inson ruhiyati va jamiyat taraqqiyoti uchun ham muhim sanaladi. Bu bayram azaldan xalqimiz orasida saxovat, mehr-oqibat va insoniylikni targ‘ib qiluvchi ayyom sifatida nishonlanib kelgan. Ajdodlarimiz bu kunlarda yurtdoshlariga yaxshilik qilish, xayr-saxovat tadbirlarini o‘tkazish, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar bilan rishtalarni mustahkamlash kabi ezgu an’analarni amalga oshirib kelganlar.
Bugungi kunda ham Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ushbu qadriyatlar yanada mustahkamlanib, hayotimizga chuqur singib bormoqda.
Ayniqsa, ijtimoiy himoya, mehr-muruvvat tamoyillari asosida kambag‘al oilalar, yetim-yesirlar va imkoniyati cheklangan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish, ularga e’tibor qaratish Navro‘z bayramining ajralmas qismiga aylangan.

Hurmatli tumandoshlar!
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida tumanimiz ham har tomonlama rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimiz mustahkamlanib, yangi ish o‘rinlari yaratilib, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik rivoji yo‘lida ulkan qadamlar qo‘yildi.
Xususan, Navro‘z bayrami arafasida tumandagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari avj olib, bog‘-rog‘lar, xiyobonlar yangilanmoqda. Yangi uylar, yo‘llar va infratuzilmalar barpo etilayotgani tumanning yanada ravnaq topishiga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, Karmana tumanining investitsiyaviy jozibadorligi oshib, dunyoning 30 dan ortiq davlatlari bilan qo‘shma korxonalar faoliyat yuritmoqda, qolaversa, yoshlarimizning zamonaviy bilimlar egalashi uchun ta’lim tizimiga alohida e’tibor berilmoqda va aholining sog‘liqni muxofaza qilish, sport va madaniyat yo‘nalishlarida ham sezilarli yutuqlarga erishilganligini aytib o‘tish lozim.
Bugungi yoshlarimiz zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rganib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Bu esa, shubhasiz, kelajak avlodimiz uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.

Qadrli yurtdoshlar!
Fursatdan foydalanib, Sizlarni yana bir bor yasharish va yangilanish ayyomi bilan tabriklayman! Navro‘z yurtimizga, tumanimizga, har bir oila, har bir xonadonga ezgulik, baxtu saodat, farovonlik olib kirsin. Hayotimizni quvonchli kunlar, to‘y va tomoshalar tark etmasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin.
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!