#TAYINLOV

 Ikromov Aziz Yusuf o‘g‘li Karmana tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 A.Ikromov 1982-yilda Navoiy viloyati, Karmana tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005-yilda IIV akademiyasini, 2015-yilda IIV Akademiyasi Oliy akademik kursini tamomlagan.

 Tayinlovga qadar Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.