- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 131
Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor,
u qanday foyda keltiradi?
Aholining turar joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar, ijtimoiy xizmatlar, ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojiga doir O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni aholi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar asosidagina aniqlash mumkin.
Dunyodagi har bir davlat, o‘zining aholisi va uning yashash holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida ma’lum bir belgilangan davrlarda aholisini ro‘yxatga olib boradi. Ko‘pchilik davlatlarda aholini ro‘yxatga olish har besh yoki o‘n yilda amalga oshiriladi.
Aholini ro‘yxatga olish — shunchaki statistika emas,
u umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi. Buning natijasida nafaqat aholi soni, balki, uning yoshi, jinsi, milliy tarkibi, yashash sharoiti, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, ta’lim darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi, ishsizligi va boshqa ijtimoiy-demografik masalalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar yig‘iladi.
Ushbu ma’lumotlar aholining istiqboldagi hisob-kitoblari va yaqin yillarda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, bu ma’lumotlar avvalgi aholini ro‘yxatga olishdan keyin o‘tgan vaqt davomida ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlar dinamikasini baholash imkonini beradi.
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida yig‘iladigan ma’lumotlar, o‘z navbatida, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, ta’lim bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyatini kengaytiradi.
Ayni chog‘da ular aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda ham nihoyatda qo‘l keladi. Masalan, odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ish topish yoki boshqa maqsadlarda ko‘chib yurishlari, ularning bandliklari va kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar butun mamlakat yoki uning muayyan bir hududida ishlab chiqarish va xizmat qo‘rsatish sohasini rivojlantirishni rejalashtirish imkonini beradi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish natijalari aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
Bu kabi ma’lumotlarning umumlashtirilishi natijasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yuzaga keladi.
Aholini ro‘yxatga olish natijalarini umumlashgan, ya’ni shaxssizlantirilgan ko‘rinishda turli xil jadvallarda aks ettiriladi va ulardan nafaqat butun mamlakat, balki aholining turli toifalari va hududlar bo‘yicha ham tahlil qilishda foydalanish mumkin.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 155
KАRMАNА TUMАNIDА SITRUS MEVАLАR YETIShTIRILMOQDА
Karmana tumfni Azamat MFY xududida barpo etilgan issiqxonada tadbirkor Yigitali Toirovning tashabbusi asosida papaya daraxti yetishtirilmoqda. -Papayyani dehqonlar “Qovun daraxti” deb ham atashadi deydi Yigitali Toirov. 3-4 yilcha avval 2 tup koʻchatidan ekkandik. Papayyani shifobaxsh oʻsimlik deb bilishadi. Yerga qadaganingizdan soʻng 6-7 oyda hosilga kirdi. Mevasining ogʻirligi dastlabki yosh daraxtlik vaqtida 1-3 kg, daraxt kattalashga sari uning hosili 5-7 kg gacha yetadi. Bir tup papayyadan 50-60 donagacha meva olish mumkin. Issiq iqlimda oʻsgani bois issiqxona sharoitiga yaxshi moslashadi. Issiqxona harorati 10 darajadan yuqori boʻlganida papayya tinmay gullayveradi. Shunda hosiliyam moʻl boʻladi. Poʻsti oltin rang, ichi zangori bu daraxt odatda tropik oʻlkalarda oʻsadi. Mazasi va hidi yangi uzilgan qovunni eslatadi. “Qovun daraxti” deyilishi ham shundan.
Issiqxonada shuningdek, banan, gibridlangan limon, mandarin daraxtlari va boshqa turdagi kuchatlar ham issiqxona ishchi-xizmatchilari tomonidan parvarishlanmoqda
Issiqxonada yetishtirilayotgan sitrus mevalar doimo tuman oʼsimliklar karantini va himoyasi mutaxassislari tomonidan fitosanitar nazoratdan oʼtkazilib zarur tavsiyalar berib borilmoqda
Oʼsimliklar karantini va himoyasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar davlat nazorati inspektorlari Moxichexra Muminova, Vaxobjon Odilov , Murodulla Xidirov.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 409
«Аrcha unsimon» qurtining zarari va unga qarshi kurash
choralari haqida
Bugungi kunda Igna bargli hamda boshqa manzarali daraxt va butalarga zarar yetkazayotgan “Аrcha unsimon qurti” hamda boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida “Dolzarb oʼttiz kunlik” tadbiri eʼlon qilindi. «Аrcha unsimon» qurti zararkunandaning lichinka va urgʼochilari archaning novdalari va barglarini soʼrib zarar yetkazadi. Uning lichinka va urgʼochilari barcha yer ustki qismlari bilan oziqlanadi. Аyniqsa, barglar kuchli darajada zararlanadi.
«Аrcha unsimon» qurtning kattaligi 2-3 mm boʼlib rangi sargʼish, qizgʼish, kulrang tusda boʼladi. Yetuk (erkak) zotlari mart oyi oxirida, (urgʼochi zot)lari aprelь boshlarida chiqishi kuzatilgan. Ularning tuxum qoʼyishi may oyi davomida va iyunь boshlarigacha davom etib oʼrtacha 280 tagacha tuxum qoʼyadi.
Bu zararkunandaga qarshi kurash ishlarida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
«Аrcha unsimon» qurtini ichki karantin ahamiyatga molik zararkunanda sifatida roʼyxatga olish, zararkunanda tarqalgan joylar va hududlar aniqlanishi hamda bu joylardan archa koʼchatlarini boshqa joylarga yuborilishini qaʼtiyan taʼqiqlanishi shart. Ushbu hashorot xayoti davomida daraxt tanasidagi suyuqlikni soʼrib oziqlanishi va oʼzidan suyuqlik chiqarishi natijasida daraxtni oʼsib rivojlanishi uchun zarur boʼladigan fotosintez jarayonini buzilishi, hamda daraxtning kasalliklarga chalinishi va sovuq haroratga chidamliligi pasayib, igna barglari qorayib qurish holatlari kuzatildi.
Zararkunandaga qarshi kurashda uning tuxumdan lichinka ochib chiqish davrida kimyoviy preparatlarni qoʼllash yuqori samara berishini inobatga olib kimyoviy ishlovlarni shu davrlarda boshlash kerak.Zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesib unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni oʼsha joyning oʼzida yoqib yoʼqotish shart. Аgrotexnik tadbirlarni oʼz vaqtida va toʼliq bajarish (fosforli, azotli, mikroelementlar Master, Kropsheld, Vegrutlar bilan oziqlantirish).
Kimyoviy preparatlardan Bi-58 (yangi) 40% em.k, Bagira 20% em.k va Аtilla 5% em.k foydalanish tavsiya qilinadi. Ushbu preparatlarni zararkunandalarning paydo boʼlishi bilan birinchi ishlov oʼtkaziladi va zararkunanda butkul yoʼqolguncha har oʼn besh kunda kimyoviy ishlovlar olib borilishi kerak.
Fitosanitariya nazorati kuchaytirilib, qishloq xoʼjaligi ekinlarini archaning novdalari va barglarini soʼrib zarar yetkazadigan «Аrcha unsimon» qurtidan samarali himoya qilish va manzarali daraxtlarni saqlab qolish choralari koʼrilmoqda. Ish jarayonida sohaning malakali mutaxassislari tomonidan «Аrcha unsimon» qurtlariga qarshi kurashish uchun barcha choralar koʼrilib, tavsiyalar berib borilmoqda.
Tumandagi barcha maishiy va xoʼjalik tashkilotlar tomonidan tezkor ravishda zararkunanda tarkalgan hududlarni aniqlash va unga qarshi kurash choralarini qoʼllash;
zararkunandaga qarshi kurashda uning tuxumdan lichinka ochib chiqish davrida kimyoviy preparatlarni qoʼllash yuqori samara berishini inobatga olib kimyoviy ishlovlarni shu davrlarda boshlash;
zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib, qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesib, unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni oʼsha joyning oʼzida yoqib, yoʼqotish kerak boʼladi.
Navoiy viloyati Oʼsimliklar karantini va ximoyasi boshqarmasi Karmana tuman bo'limi fitosanitar nazorat davlat inspektorlari M.Xidirov, M.Muminova, V.Odilov.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 242
KUZGI TUNLАM GʼOʼZА KUShАNDАSI
Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. Et Schiff) zararkunanda paxta ekiladigan qishloq xoʼjalik maydonlarida keng tarqalgan zararkunandalardan biridir.. Zararkunandani aniqlashda yerga chigit ekilgan vaqtdan boshlab dalaga feromon tutqichlar oʼrnatiladi. Dalaga ilingan har bir feromon tutqichga Bir kechada oʼrtacha 3-4 kapalak ilinsa, trixogramma qoʼyish uchun signal boʼlib hisoblanadi. Feromon tutqichga bir kechada 15 tadan koʼp kapalak kelib tushsa va bunday vaziyat 3-4 kun davom etsa dalaga maxsus kurash choralari olib borilishi kerak. Zararkunandaga qarshi biomahsulotni tarqatishda trixogrammani ertalab va kechqurun , har 10 m da bir har gektariga 0,6-1,0 g sarflab; brakon har gektarining 20 ta joyiga tunlam qurtining zichligiga qarab (1:10-15) sxemada tarqatiladi.
Zararkunandaga qarshi kivyoviy kurash sifatida tavsiya etilagan insektitsidlar avaunt 15% s.k 0,4-0,45, benzofasfat, 30 % em.k 3-3, 3, zolon,35 % em.k2,5-3,0, Endjeo-K 24,7 % sus.k. 0,2.
Shu bilan bir qatorda rivojlanayotgan gʼoʼza nixollarini turli xil zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish maqsadida paxta maydonlariga oltingugurt kukunlari ham quyilmoqda.
Oʼsimliklar karantini va himoyasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar davlat nazorati inspektorlari Odilov Vaxabjon, Xidirov Murodulla, Nazarov Mustafo.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 223
Karmana Tumani hokimi V.Y.Adizovning
Ramazon hayiti munosabati bilan tuman ahliga
BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum, hurmatli bayram ishtirokchilari va aziz tumandoshlar!
Xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etadigan qadimiy bayramimiz – Ramazon hayitini keng nishonlayotganimiz yurtdoshlarimizga quvonch ulashmoqda.
Shu fursatdan foydalanib, Sizlarni va sizlar orqali tumanimiz ahlini ushbu ulug‘ ayyom Ramazon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Hurmatli tumandoshlar,
Joriy yilgi Ramazon oyi har yilgidanda o‘zgacha ruhda va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi albatda. Joriy yil Ramazon oyligi doirasida butun Respublikada bo‘lgani kabi tumanimizdagi 5 ta jome masjidlarida ham xatmi Qur’onlar bir vaqtda boshlanib, qariyb bir oy davomida Qur’on tilovatlar qilinib, jonajon Vatanimizning tinchligi va ravnaqi hamda halqimizni farovon yashashliklari uchun ko‘plab duolar qilindi.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, yurtimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va
mehr-oqibat muhitini ko‘z qorachig‘idek saqlash hamda mustahkamlash, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag‘rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda.
Darhaqiqat, keskin va tahlikali sharoitda, tevarak-atrofda bo‘layotgan turli fojialar, xunrezliklar hamda har xil xurujlar mohiyatini teran anglab, hushyorlik va ogohlikni yanada oshirish hammamizning muqaddas burchimiz bo‘lishi kerak.
Shu o‘rinda, Prezidentimizning “Musulmonchilik har birimizning yuragimizda, vijdonimizda bo‘lishi lozim. Inson
imon-e’tiqodli bo‘lsa, yurtiga sodiq bo‘lib xizmat qilsa, u haqiqiy vatanparvar bo‘ladi”, degan da’vatiga amal qilib, qalbimizga jo qilsak har tomonlama o‘rinli bo‘ladi.
Aziz tumandoshlar!
Yana bir bor Sizlarni va siz orqali barcha tumanimiz ahlini ulug‘ ayyom Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramlaringiz muborak bo‘lsin!