- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 78
SIZGA DOIM TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZLAR!
Bugun Karmana tumanidagi "Muhtasham" tantanalar uyida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha fidoyilari bayram dasturxoni atrofida jam bo‘lishdi.
Bayram tadbirida dastavval tuman hokimi o‘rinbosari E.Kenjayev so‘zga chiqib, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini bayram bilan qutladi hamda ularga yosh avlodga bilim berishdek murakkab ammo sharafli kasbida zafarlar tiladi.
Shuningdek, tadbir davomida tumanda Xalq ta’limi tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi samarali mehnati, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh o‘qituvchilarga Maktabgacha va maktab ta'limi a'lochisi ko'krak nishoni topshirildi hamda fidoyi o'qituvchi va murabbiylar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 56
KARMANADAGI MADANIY MEROS OBYEKTLARI YAPONIYA KINOIJODKORLARI NIGOHIDA
Yaponiyaning “TBS” teleradiokompaniyasi ijodkorlari Navoiy, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi YUNESKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlari haqida maxsus raqamli “Video meros” kutubxonasini yaratish, “The World Heritage” teledasturining navbatdagi sonini O‘zbekistonga bag‘ishlab suratga olish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.
Karmana tumanidagi Yunesko muhofazasiga olingan Raboti Malik Karvonsaroyi va Sardoba madaniy meros obyektlariga tashrif buyurgan ijodkorlar tarixiy majmuada tasvirga olish ishlarini rejalashtirmoqda.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 128
KARMANA TUMANIDA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDI
Bugun Karmana tuman hokimligi binosida tuman hokimi Valijon Adizov, tegishli mas'ul rahbarlar hamda hokim yordamchilari ishtirokida "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, migratsiyadan qaytgan 30 nafar fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinalari, go‘zallik saloni jihozlari, motokultivatorlar, pishiriq pechlari hamda muzlatkichlar topshirildi.
– Tikuvchilik sohasiga juda qiziqqanligim bois mahallamizdagi hokim yordamchisiga tikuv mashinasi olish maqsadida ariza topshirgan edim, – deydi “Talqoq” mahallasida yashovchi Muhiddinova Marjona. – Bugun mutasaddilar tomonidan menga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Buning uchun biz kabi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlayotgan Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman.
Shuningdek, tuman rahbari fuqarolar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda oilalarga qo‘shimcha daromad topish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 59
Gandbol musobaqasining Karmana tuman 4-sektor bosqichi bo’lib o’tdi.
???? Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha uch bosqichli “O‘ZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI KUBOGI” uchun musobaqalarning tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Bugun, Karmana tumanidagi 5-DIUMning sport zalida ushbu musobaqaning 4-sektor bosqichi bo’lib o’tdi. Unda mahallalardan saralangan jamoalar ishtirok etdi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 172
TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Karmana tumanidagi "Sardoba" mahallasida tuman hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qabulda fuqarolar tomonidan ish bilan ta'minlashda amaliy yordam berish, ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada amaliy ko‘mak berish va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.
Shuningdek, qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 19 ta murojaat tinglanib, ularning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 8 tasi bo‘yicha joyiga chiqib, o‘rgangan holda ijobiy tomonga hal etish borasida mas'ullarga topshiriq berildi, 5 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi. Shu bilan birgalikda shu yerning o‘zida tuman IIB probatsiya nazoratida bo‘lgan yoshlarning ham ijtimoiy muammolari tinglandi.