FERАMON TUTQICHLАR АHАMIYATI

              Karmana tumanida 2024 yil paxta hosili uchun ekilgan 4595 gektar maydonlardagi paxta hosildorligini oshirish uchun karantindagi va boshqa iqtisodiy xavfi yuqori boʼlgan zararkunandalarga alohida eʼtibor qaratish lozim. Bu borada feromonitoring usulining oʼrni katta. Mazkur usul zararkunandaning tabiatda rivojlanishini aniqlash natijasida unga qarshi biologik yoki kimyoviy usulni ishlatishning ilmiy asoslangan muddatini belgilab berib, himoya samaradorligini oshiradi.

“Feromon” – bu hasharotlarni oʼzaro muloqoti uchun ularning maxsus bezlaridan ajratadigan murakkab molekulyar tuzilishga ega boʼlgan organik kimyoviy moddalar aralashmasidan iboratdir. Jinsiy feromon tutqichlar ekologik toza biologik himoya vositasi boʼlib, tashqi muhitga va oʼsimlikka zararsizdir. Jinsiy feromon tutqichlar qoʼllanilishi natijasida zararkunandani paydo boʼlishi, feromonga tushgan zararkunanda miqdoriga bogʼliq holda, unga qarshi kurash muddatlari belgilanadi.

       Jinsiy feromonni asosan urgʼochi zot ishlab chiqaradi. Jinsiy feromon moddasi hasharotlarning maxsus endokrin bezlari tomonidan ishlab chiqilib, oʼzga jinsli zotini jalb etish uchun moʼljallangan. Jalb qilingan hidlar ushbu turga mansub boʼlgan erkak hasharotlar asosan tunda uchrashish (urchish) uchun uchib keladi.

Feromon tutqichlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

1.Feromon tutqichlar yordamida ayni hasharotning bahorda rivojlana boshlagan muddatini va zichligini aniqlash; mavsumda nechta boʼgʼin berganligini, ularning muddatlari va fenogrammasini tuzish.

2.Feromon tutqichlarga ilingan kapalaklar zichligiga qarab qaysi himoya usulini va qaysi fursatda ishlatish kerakligini aniqlash; trixogrammani dalaga tarqatish uchun eng samarali fursatni aniqlash.

         Feromon tutqichlarni ishlash jarayoni shundan iboratki, bunda sunʼiy hidga jalb etilgan erkak kapalak tutqich ichiga joylashtirilgan yelimli qogʼozga yopishib qoladi. Sunʼiy feromon kuchli attraktant hisoblanadi, yaʼni u tabiiy kapalakka nisbatan bir necha bor kuchli jalb etish xususiyatiga ega. Har bir tur hasharot uchun maʼlum struktura va tuzilishga ega boʼlgan oʼzining feromoni mavjud. Аmaliyotda feromon tutqich yordamida ayni hasharot rivojlanishini belgilab, zarur kurash usuli uchun taraddud koʼrish imkoniyati yaratiladi. Bu esa birinchidan, oʼz vaqtida kurash olib borish hisobiga zararning oldini olishga, ikkinchidan behuda ishlov oʼtkazishga chek qoʼyish imkonini yaratadi.

           Feromon tutqichlari: tutqich, yelimli yopishgich,yogʼoch qoziq va feromon moddasi singdirilgan rezina kapsuladan iborat boʼladi. Bugungi kunda kuzgi tunlamga qarshi “ILDIZ QUDTI” feromon tutqichidan foydalanish tavsiya etiladi. Paxta maydonlarida kuzgi tunlam mavjudligini aniqlash uchun 1 ga maydonga 1-2 dona feromon tutqich qoʼyish tavsiya etiladi. Feramon tutqichlarni paxta maydonlarini dala chetlariga oʼrnatish va hosil yigʼib olingunga qadar ularning nazoratini olib borish lozim.

 

Oʼsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari Moxichexra Muminova, Murodulla Xidirov , Rasul Ochilov.

KАRTOSHKА KUYASI EKIN KUSHАNDАSI

                2024 yil hosili uchun Karmana tumanida fermer va dexqon xoʼjaliklari hamda aholi tomorqalarida 569 gektar maydonda kartoshka ekib parvarish qilinmoqda . Hozirgi kunda kartoshka ekinlarining hosildorligi pasayib ketishiga har xil zararkunandalar sabab boʼlmoqda. Shulardan eng asosiysi kartoshka kuyasi hamda kalorado qungʼizidir.

Kartoshka kuyasi - kapalaklar turkumining oʼyiq qanotli kuyalar oilasidan mansub boʼlib: kartoshka, pomidor, baqlajon va boshqa ituzumdoshlar oilasiga mansub oʼsimliklarga katta zarar yetkazuvchi xavfli hasharot hisoblanadi.

Kartoshka kuyasi oʼsimliklarni dalada, ularning hosilini esa omborxonalarda saqlash davrida zararlaydi. Kartoshka kuyasi daladagi kartoshkani 48-69% gacha, omborda saqlanayotgan kartoshkani esa 80-100% gacha zararlashi aniqlangan.

Kartoshka kuyasining kapalagi kichkina, och kulrang tusda boʼladi. Tinch holatda qanotlari yelkasiga yigʼilib turadi, qanotlarini yoyganda 12-15 mm atrofida, erkaginiki urgʼochisinikiga nisbatan 2-2,5 mm kichikroq boʼladi. Qanotlarida toʼq rangli chiziqlar va qora dogʼlar bor. Tuxumi oval shaklda, eni 0,35-0,45, uzunligi 0,8 mm kattalikda, yangi qoʼyilgan tuxumlari oq rangda, kamalaksimon tusda tovlanib turadi. Qurt tuxum ichidan kemirib oʼziga chiqish uchun teshik ochadi va tuxumdan chiqadi. Tuxumdan chiqqan lichinka esa 1,2 mm uzunliqda, rangsiz yoki och qizgʼish tusda boʼladi, bosh qismi qora rangda. Yetuk qurtlar 10-13 mm uzunlikda, eni 1,5mm, rangi sargʼimtir qizgʼish yoki yashilsimon kul-rang tusda, bosh qismi jigarrang yoki qora rangda boʼladi.

Qurtlar kartoshkaning bargi, poya novdasi va tuganagi bilan oziqlanadi. Qurtlar asosan yupqa pillaga oʼralib bargda, poya ichida va tuproqdagi kesaklarga yopishib gʼumbakka aylanadi, gʼumbagi jigarrangda boʼladi. Kartoshka kuyasining kapalagi 6-19 kun yashab, otalangandan soʼng 150-200 tagacha tuxum qoʼyadi.

U ertalab va kechqurun quyosh botgandan soʼng uchadi, kunduzlari bargning ostki tomonida va boshqa pana joylarda yashirinib oʼtiradi. Zararkunanda ochik dalalarda 5-chi yosh qurt yoki gʼumbak shaklida qishlaydi.

Kartoshka kuyasi yozda ochiq sharoitda, qishda esa omborxonalarda rivojlanishini davom ettirib, yilda 7-9 ta avlod beradi. Shundan: 5-6 tasi yozda, 2-3 tasi kuz-qish-erta bahor fasliga toʼgʼri keladi.

Kartoshka kuyasiga qarshi agrotexnik kurash choralari:

a) Ituzumdoshlilar oilasiga mansub boʼlmagan ekinlar bilan almashlab ekish;

b) Ekindan boʼshagan yerlarga mexanik ishlov berish (chuqur haydash);

v) Zararlangan oʼsimlik qoldiqlarini hamda zararlangan kartoshka tuganaklarni daladan chiqarib yoʼq qilish.

Tuman xududlaridagi fermer va dexqon xoʼjaliklari hamda aholi tomorqalarida yetishtirilayotgan kartoshkadan sifatli va yuqori hosil olish uchun bugungi kunda amalga oshirilishi zarur boʼlgan agrotexnik tadbirlar boʼyicha fitosanitar nazorati davlat inspektori tomonidan doimo fitosanitar nazorat tadbirlari oʼtkazilib borilmoqda.

 

Oʼsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari Mustafo Nazarov, Vaxobjon Odilov , Rasul Ochilov,

 

KАRMАNА TUMАNIDА SITRUS MEVАLАR YETIShTIRILMOQDА

Karmana tumfni Azamat MFY xududida  barpo etilgan issiqxonada tadbirkor Yigitali Toirovning  tashabbusi asosida papaya daraxti yetishtirilmoqda.
 -Papayyani dehqonlar “Qovun daraxti” deb ham atashadi deydi Yigitali Toirov. 3-4 yilcha avval 2 tup koʻchatidan ekkandik. Papayyani shifobaxsh oʻsimlik deb bilishadi. Yerga qadaganingizdan soʻng 6-7 oyda hosilga kirdi. Mevasining ogʻirligi dastlabki yosh daraxtlik vaqtida 1-3 kg, daraxt kattalashga sari uning hosili 5-7 kg gacha yetadi. Bir tup papayyadan 50-60 donagacha meva olish mumkin. Issiq iqlimda oʻsgani bois issiqxona sharoitiga yaxshi moslashadi. Issiqxona harorati 10 darajadan yuqori boʻlganida papayya tinmay gullayveradi. Shunda hosiliyam moʻl boʻladi. Poʻsti oltin rang, ichi zangori bu daraxt odatda tropik oʻlkalarda oʻsadi. Mazasi va hidi yangi uzilgan qovunni eslatadi. “Qovun daraxti” deyilishi ham shundan.
 

Issiqxonada shuningdek, banan,  gibridlangan limon, mandarin daraxtlari va boshqa turdagi kuchatlar ham issiqxona ishchi-xizmatchilari tomonidan parvarishlanmoqda

Issiqxonada yetishtirilayotgan sitrus mevalar doimo tuman oʼsimliklar karantini va himoyasi mutaxassislari tomonidan fitosanitar nazoratdan oʼtkazilib zarur tavsiyalar berib borilmoqda

Oʼsimliklar karantini va himoyasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar davlat nazorati inspektorlari Moxichexra Muminova, Vaxobjon Odilov , Murodulla Xidirov.

 

Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor,
u qanday foyda keltiradi?

     Aholining turar joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar, ijtimoiy xizmatlar, ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojiga doir O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni aholi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar asosidagina aniqlash mumkin.

     Dunyodagi har bir davlat, o‘zining aholisi va uning yashash holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida ma’lum bir belgilangan davrlarda aholisini ro‘yxatga olib boradi. Ko‘pchilik davlatlarda aholini ro‘yxatga olish har besh yoki o‘n yilda amalga oshiriladi.

          Aholini ro‘yxatga olish — shunchaki statistika emas,
u umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi. Buning natijasida nafaqat aholi soni, balki, uning yoshi, jinsi, milliy tarkibi, yashash sharoiti, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, ta’lim darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi, ishsizligi va boshqa ijtimoiy-demografik masalalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar yig‘iladi.

        Ushbu ma’lumotlar aholining istiqboldagi hisob-kitoblari va yaqin yillarda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, bu ma’lumotlar avvalgi aholini ro‘yxatga olishdan keyin o‘tgan vaqt davomida ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlar dinamikasini baholash imkonini beradi.

     Aholini ro‘yxatga olish jarayonida yig‘iladigan ma’lumotlar, o‘z navbatida, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, ta’lim bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyatini kengaytiradi.

      Ayni chog‘da ular aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda ham nihoyatda qo‘l keladi. Masalan, odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ish topish yoki boshqa maqsadlarda ko‘chib yurishlari, ularning bandliklari va kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar butun mamlakat yoki uning muayyan bir hududida ishlab chiqarish va xizmat qo‘rsatish sohasini rivojlantirishni rejalashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish natijalari aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

          Bu kabi ma’lumotlarning umumlashtirilishi natijasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yuzaga keladi.

Aholini ro‘yxatga olish natijalarini umumlashgan, ya’ni shaxssizlantirilgan ko‘rinishda turli xil jadvallarda aks ettiriladi va ulardan nafaqat butun mamlakat, balki aholining turli toifalari va hududlar bo‘yicha ham tahlil qilishda foydalanish mumkin.

KUZGI TUNLАM GʼOʼZА KUShАNDАSI

       Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. Et Schiff) zararkunanda paxta ekiladigan qishloq xoʼjalik maydonlarida keng tarqalgan zararkunandalardan biridir.. Zararkunandani aniqlashda yerga chigit ekilgan vaqtdan boshlab dalaga feromon tutqichlar oʼrnatiladi. Dalaga ilingan har bir feromon tutqichga Bir kechada oʼrtacha 3-4 kapalak ilinsa, trixogramma qoʼyish uchun signal boʼlib hisoblanadi. Feromon tutqichga bir kechada 15 tadan koʼp kapalak kelib tushsa va bunday vaziyat 3-4 kun davom etsa dalaga maxsus kurash choralari olib borilishi kerak. Zararkunandaga qarshi biomahsulotni tarqatishda trixogrammani ertalab va kechqurun , har 10 m da bir har gektariga 0,6-1,0 g sarflab; brakon har gektarining 20 ta joyiga tunlam qurtining zichligiga qarab (1:10-15) sxemada tarqatiladi.

     Zararkunandaga qarshi kivyoviy kurash sifatida tavsiya etilagan insektitsidlar avaunt 15% s.k 0,4-0,45, benzofasfat, 30 % em.k 3-3, 3, zolon,35 % em.k2,5-3,0, Endjeo-K 24,7 % sus.k. 0,2. 

         Buni yaxshi anglagan Oʼsimliklar karantini va himoyasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar nazorati davlat inspektori Durman xududidagi “ Аmir Gʼolib” , “Durman javoxiri” , Durman istiqboli”, M.Ibragimov xududidagi “Baxtiyor Turaqulov” , Q.Raximov xududidagi “Аslonov Bobomurod”, Narpay xududidagi “Narpay mirishkori”, “Karimov Roziq”, Xazora xududidagi “Аvez bobo”, “Ibroxim Maqsum” kabi fermer xoʼjaliklari paxta maydonlariga oʼrnatilgan feramon tutqichlarni kunlik nazorat qilib monitoring olib bormoqdalar. Olib borilgan monitoring natijalariga qarab fermer xoʼjaliklariga bugungi kunda amalga oshirilishi zarur boʼlgan agrotexnik tadbirlar doirasida tavsiyalar berilmoqda.

    Shu bilan bir qatorda rivojlanayotgan gʼoʼza nixollarini turli xil zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish maqsadida paxta maydonlariga oltingugurt kukunlari ham quyilmoqda.

Oʼsimliklar karantini va himoyasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar davlat nazorati inspektorlari Odilov Vaxabjon, Xidirov Murodulla, Nazarov Mustafo.