- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 180
Ijtimoiy tarmoqlarda "Karmana tumani “Allon” MFYda yashovchi tadbirkor Xalq banki bilan bog‘liq muammosi haqida murojaat yo‘llagan. Tadbirkorning ruxsatisiz bino garovga qo‘yilib, kredit olingani va to‘lovlar amalga oshirilmagani uchun bino auksionda sotib yuborilgan" (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida e'lon qilingan video murojaat yuzasidan
RASMIY MUNOSABAT
Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi mas’ul xodimlari hamda AT Xalq banki Karmana amaliyot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra AT Xalq banki Karmana amaliyot bo‘limi va “Best Oil Karmana” xususiy korxonasi o‘rtasida 2017-yil 28-yanvar kuni № 17/1-sonli kredit shartnomasiga asosan Zarafshon Oil xususiy korxonasi balansida bo‘lgan Karmana tumani Jaloir QFYda joylashgan AYOQSHni sotib olish maqsadida 288 000 000 (ikki yuz sakson sakkiz million) so‘mni 3-yil muddatga qaytarish belgilanib, yillik 18 foiz ustama to‘lash sharti bilan bank mablag‘i hisobidan kredit mablag‘i ajratilgan. Biroq mijoz tomonidan kredit shartnoma shartlariga rioya qilinmaganligi sababli, 2017-yil 20-avgust kuni kredit qarzdorligini so‘ndirish bo‘yicha ogohlantirish xati yuborilgan. Ogohlantirish xati jo‘natilganiga qaramasdan to‘lovlar amalga oshirilmaganidan so‘ng, bank tomonidan kredit qarzdorligini undirish va garov mulklariga qaratish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga jami qarzdorlikni undirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritilgan. 2017-yil 12-oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori chiqarilgan va 2017-yil 2-noyabr kuni Majburiy ijro byurosining Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga tushgan.
Shuningdek, 2017-yil 27-noyabr kuni davlat ijrochisi tomonidan Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida qaror chiqarilgan va savdoga qo‘yilgan. Garov mulklari elektron auksionda sotilib, kredit qarzdorligiga yo‘naltirilganligini ma'lum qilamiz.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 216
Karmana tuman hokimi F.S.Umarovning 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!
Hurmatli urush va mehnat faxriylari!
Avvalo, barchangizni 9 - may - Xotira va qadrlash kuni hamda ikkinchi johon urushida qozonilgan g‘alabaning 78 yilligi bilan samimiy tabriklayman.
Mana, bir necha kundirki, tumandoshlarimiz yildan yilga muborak ziyoratgohga aylanib borayotgan Xotira maydoniga kelib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ymoqda. Urushda halok bo‘lgan ota-bobolari xotirasini yod etmoqda.
9 - may kuni har yili yurtimizda nafaqat xotira, balki yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash, e’zozlash kuni sifatida ham keng nishonlanadi. Joriy yilda ham bugungi kunlarga yetib kelgan tabarruk keksalarimiz, urush va mehnat faxriylarimiz ziyorat qilinib, ularning duosi olinmoqda.
Bu yil ham tumanimizda Buyuk g‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlar, xotira marosimlari o‘tkazilmoqda.
Bizni tarbiyalab, voyaga yetkazgan, umr yo‘llarida bizga tanyanch va suyanch bo‘lgan tabarruk insonlarga ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Ayni kunlarda hurmatli nuroniylarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hasharlar uyushtirib, ularning xonadonlarida obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Ayni vaqtda janggohlarda mardlik va jasorat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, bugun oramizda sog‘-salomat bo‘lib yurgan muhtaram, duogo‘y faxriylarimizga ta’zim bajo aylaymiz! Bugungi tinch – osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz va samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Aziz tumandoshlar!
Barchangizni yana bir bor 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan qutlab, Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz va qut-baraka tilayman.
Bayramlaringiz muborak bo‘lsin!
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 205
#XUSHXABAR
KARMANALIK KIKBOKSCHILAR OSIYO CHEMPIONATINI ZABT ETDILAR
Joriy yilning 26-30-aprel kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod shahrida sportning Kikboksing turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada Karmana tumani sport maktabi sportchilari munosib ishtirok etib, yurtimiz va viloyatimiz sharafini munosib himoya qilib qaytishdi.
Karmanalik sportchilar Osiyo chempionatida quyidagi natijalarni qayd etishdi:
Kurbonov Murodjon 75 kg (Lov Kik yo‘nalishida) 17-18 yosh 1-o‘rin;
Xamzayev Kamronbek 57 kg (K1 yo‘nalishi) 2005-2006-yil 3-o‘rin
Shavkatov Mashxurbek 28 kg ( Kik layt yo‘nalishi) 2011-2012-yil 3-o‘rin
Pardayev Davlatbek 33 kg (Kik layt yo‘nalishi) 2011-2012-yil 3-o‘rin
Zoirov Jo‘rabek 45 kg (Lov Kik yo‘nalishida) 2007-2008-yil 2-o‘rin
Djamolov Timur 54 kg (Lov Kik yo‘nalishida) 2007-2008-yil 3-o‘rin
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 211
KARMANALIK KIKBOKSCHILAR O‘ZBEKISTON CHEMPIONATINI ZABT ETDILAR
Joriy yilning 3-7-may kunlari Navoiy viloyatida sportning Kikboksing turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada Karmana tumani sport maktabi sportchilari munosib ishtirok etib, yurtimiz va viloyatimiz sharafini munosib himoya qilib qaytishdi. Karmanalik sportchilar O‘zbekiston chempionatida quyidagi natijalarni qayd etishdi:
Kurbanov Murodjon 75 kg (17-18 yosh) 1-o‘rin
Xolmamatov Abbos 57 kg (17-18) yosh 1-o‘rin
Ibotov Javoxir 81 kg (15-16 yosh) 1-o‘rin
Ro‘zuqulov Hayotjon 51 kg (17-18) yosh 1-o‘rin
Ergasheva Dilshoda 52 kg( 17 18) yosh 2-o‘rin
Zoirov Jo‘rabek 45 kg (15-16) yosh 2-o‘rin
Dexqonov Aslbek 63 kg (15-16) yosh 3-o‘rin
Xamzayev Kamronbek 57 kg (15-16) 3-o‘rinni egallashdi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 281
KARMANADA YANGI MAHALLA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Karmana tumanidagi “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosining foydalanishga topshirilishi mahalla ahliga Ramazon hayiti bayrami munosib sovg‘a bo‘ldi.
2022-yilining 25-oktyabrida respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’yektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilingan edi.
Unga ko‘ra, barcha hududlarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini tizimli va rejali amalga oshirish uchun “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning yig‘ma parametrlari” tasdiqlangan.
– Binomizning qurib foydalanishga topshirilishi biz uchun muborak Ramazon hayiti bayrami arafasida haqiqiy sovg‘a bo‘ldi, – deydi mahalla raisi Shodiyeva Gulnoz. – Shu kunga qadar mahallamiz binosi ta'mirtalab ahvolda edi. Ayni paytda mahallamizda 441 ta xonadonda 2192 nafar aholi istiqomat qiladi. Yangi binoda xodimlarning ish olib borishi uchun barcha sharoit va qulayliklar mavjud. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalangan holda aholimizning turmush tarzini yanada yaxshilash, ishsizlik darajasini kamaytirish uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz.
Mahalla binosining ochilish marosimida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi va bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.