Markaz24.uz | Navoiy Kanal nomi bilan yuritiluvchi telegram Ijtimoiy tarmog‘i kanalida "Karmana tuman hokimligi rasm bilan uzini o‘zi aldab quyibdida yoki fuqarolarni aldagan bo‘lsa kerakda?" (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida e'lon qilingan ma’lumot yuzasidan

 

RASMIY MUNOSABAT

Ushbu holat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, Markaz24.uz | Navoiy Kanal yurituvchisi KARMANA.UZ telegram ijtimoiy kanalida joriy yilning 31-mart kunidagi quvur qopqog‘i soz holatda ekanligi bo‘yicha yoritilgan rasmiy munosabatni yolg‘on maʼlumotligiga iddao qilgan holda joriy yilning 5-oktabr kuni "Karmana tuman hokimligi rasm bilan uzini o‘zi aldab quyibdida yoki fuqarolarni aldagan bo‘lsa kerakda?" sarlavhasi ostida ma'lumot yuklagan. Aslida joriy yilning 31-mart kuni Karmana tuman hududidagi quvur tegishli mas'ullar tomonidan berkitilib, xavfsiz holga keltirilgan va asoslantiruvchi rasmlarni ilova qilgan holda rasmiy munosabat yozilgan. Shuningdek, joriy yilning 5-oktabr kuni Markaz24.uz | Navoiy Kanal tomonidan yuklangan ma'lumot tegishli mas'ullar tomonidan o‘rganib chiqilganda quvur qopqog‘i qayta nosoz holatda ekanligi aniqlandi va muammo zudlik bilan bartaraf etildi.

Markaz24.uz | Navoiy Kanal telegram Ijtimoiy tarmog‘i kanali yurituvchisiga yuqoridagi kabi ma'lumotlarni shaffof tarzda o‘rganib, aniq asoslantiruvchi faktlar orqali yoritishini so‘raymiz.