- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 78
Gandbol musobaqasining Karmana tuman 4-sektor bosqichi bo’lib o’tdi.
???? Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha uch bosqichli “O‘ZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI KUBOGI” uchun musobaqalarning tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Bugun, Karmana tumanidagi 5-DIUMning sport zalida ushbu musobaqaning 4-sektor bosqichi bo’lib o’tdi. Unda mahallalardan saralangan jamoalar ishtirok etdi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 144
KARMANA TUMANIDA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDI
Bugun Karmana tuman hokimligi binosida tuman hokimi Valijon Adizov, tegishli mas'ul rahbarlar hamda hokim yordamchilari ishtirokida "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, migratsiyadan qaytgan 30 nafar fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinalari, go‘zallik saloni jihozlari, motokultivatorlar, pishiriq pechlari hamda muzlatkichlar topshirildi.
– Tikuvchilik sohasiga juda qiziqqanligim bois mahallamizdagi hokim yordamchisiga tikuv mashinasi olish maqsadida ariza topshirgan edim, – deydi “Talqoq” mahallasida yashovchi Muhiddinova Marjona. – Bugun mutasaddilar tomonidan menga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Buning uchun biz kabi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlayotgan Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman.
Shuningdek, tuman rahbari fuqarolar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda oilalarga qo‘shimcha daromad topish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 195
G‘O‘ZADA DOLZARB 40 KUNLIK TADBIRLARI
Navoiy viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining joriy yilning 4- iyuldagi “Dolzarb 40 kunlik “ tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi № 44 sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan. Ushbu buyruqda viloyat va tuman hududlaridagi g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar (shira, trips, ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana, qandala va boshqalar), kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2024 yilning 2 iyulidan 10 avgustga qadar “Dolzarb qirq kunlik” deb eʼlon qilingan. Bunda, tadbir o‘tkaziladigan hudud yetib agroklasterlar, fermer-dehqon xo‘jaliklari g‘o‘za maydonlari belgilab berilgan.
Yuqoridagi buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Karmana tumanida 2024 yil paxta hosili uchun parvarish qilinayotgan 4595 gektar g‘o‘za maydonlari tuman o‘simliklar karantini va himoyasi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari tomonidan zararkunandalarga qarshi qo‘yilgan feramon tutqichlar, dala daftarlarining to’ldirishi, g‘o‘za maydonlari kunlik fitosanitar nazoratdan o‘tkazilib, 40 kunlik doirasida joylarda seminarlar tashkil qilinmoqda.
Bugungi kunda g‘o‘za nihollariga asosan o‘rgimchakkana hamda ko’sak qurti zararkunandalari zarar yetkazishi mumkin.
O‘rgimchakkanalar ????
Lotincha nomi: Tetranychidae
Zarari: O‘rgimchakkana – Markaziy Osiyoda g‘o‘za va boshqa poliz ekinlarining eng xavfli zararkunandalaridan biri. Bu zararkunanda ayrim dalalarda paxta hosilining yarimidan ko‘proq qismini nobud qilib qo‘yishi mumkin. Odatdagi yillarda o‘rgimchakkana yalpi paxta hosilining 6–10 % , baʼzi yillarda esa hatto
50-60 % nobud qiladi.
O‘rgimchakkana hosilni kamaytirish bilan birga paxta sifatini ham pasaytiradi. Kana ko‘plab tushgan g‘o‘za tuplaridagi ko‘saklarning tolasi 1–1,5 mm qisqaradi. O‘rgimchakkanalar 248 turdagi o‘simlik bilan oziqlanadi, shundan 173 turi begona o‘tlar, 38 turi butalar, 37 turi qishloq xo‘jalik ekinlaridir.
Kurash choralari: Kimyoviy usul: O‘rgimchakkanaga qarshi oldini olish (profilaktik) chora sifatida oltingugurt talqonidan yetarlicha changlatish, 0,5-1 C gradusli oltingugurtli ohakli qaynatmasidan gektariga 300 litr purkash tavsiya etiladi. Shu o‘rinda taʼkidlash joiz, oltingugurt kukuni qanchalik maydalangan bo‘lsa samarasi shunchalik yaxshi bo‘ladi va o‘simlik bargi ustidan yomg‘ir suvlari yoki shamol taʼsirida yuvilib ketishi qiyinlashadi.
Vegetatsiya davomida 10% o‘simliklar bargining orqa sathi o‘rgimchakkana bilan 5-25% qoplanganda yoki iqtisodiy zarar miqdor mezondan oshganda o‘rgimchakkana uchun kimyoviy vositalar qo‘llash lozim bo‘ladi.
O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Karmana tuman bo‘limi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari Furqat Raxmatov, Vaxobjon Odilov, Mustafo Nazarov, Mohichehra Mo’minova
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 187
TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Karmana tumanidagi "Sardoba" mahallasida tuman hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qabulda fuqarolar tomonidan ish bilan ta'minlashda amaliy yordam berish, ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada amaliy ko‘mak berish va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.
Shuningdek, qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 19 ta murojaat tinglanib, ularning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 8 tasi bo‘yicha joyiga chiqib, o‘rgangan holda ijobiy tomonga hal etish borasida mas'ullarga topshiriq berildi, 5 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi. Shu bilan birgalikda shu yerning o‘zida tuman IIB probatsiya nazoratida bo‘lgan yoshlarning ham ijtimoiy muammolari tinglandi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 163
KARMANA TUMANIDA SANOAT PARKI BUNYOD ETILMOQDA
Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosari Amriddin Akramov tuman hududida bunyod etilayotgan sanoat parkining qurilish jarayonlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, ushbu sanoat parkida qurilish ishlarini tizimli olib borish, belgilangan muddatlarda mas'uliyat bilan yondashgan holda qurib bitkazish bo‘yicha mas'ul rahbarlar bilan kelishib olindi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, sanoat parkining umumiy maydoni 40,5 gektarni tashkil qilib, dastlabki bosqichda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoq ishlab chiqarish kabi sohalarda 251 mln. dollarlik loyihalarni ishga tushirish belgilangan.