KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO’YICHA O’QUV KURSLARI TASHKIL ETILADI.

marakzga 768x511

Yoshlarni qo’shimcha kasb-hunar o’rganishlarini tashkil etish, ularning qonuniy huquqlarini ta’minlash bilan birgalikda mehnat bozorida malakali mutaxassislar salmog’ini hamda ularni o’z mutaxassisligi bo’yicha ish bilan bandligini oshirish bo’yicha O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari mustahkamlanib borilmoqda.

      Oldingi yillarda ta’lim muassasalarni shu jumladan umumta’lim maktablarining 11-sinfini, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun mehnat bozorida doimiy ish bilan ta’minlash, yoshlarga o’zlari qizziqan mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun zarur bo’ladigan kasbiy bilimlarni o’rganish imkoniyatini kengaytirish maqsadida kasb-hunar kollejlarida 140 ga yaqin kasblar bo’yicha to’lov-shartnoma asosida o’qitish yo’lga qo’yilmoqda.

          O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yil 28 dekabr kuni yoshlarga kasb-hunar o’rgatish maqsadida kasb-hunar kollejlariga umumiy o’rta ma’lumot (11-sinf) va o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslarni to’lov-shartnoma asosida qabul qilish rejalari tasdiqlandi. Bu borada O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining buyrug’i qabul qilindi. Kasb-hunar kollejlaridagi ushbu o’quv kurslari umumta’lim maktablarining 11-sinfini, akademik litseylarni tamomlaganlar yoki boshqa yo’nalishdagi kasb-hunar kollejlarini tamomlab ikkinchi mutaxassislik olish istagidagi yoshlar uchun yaxshi imkoniyat sanaladi. Belgilangan kasb-hunar kollejlarida o’qishni xoxlovchi yoshlar kasb-hunar kollejlariga quyidagi hujjatlar taqdim etadilar:

  • Kasb-hunar kolleji direktori nomiga ariza;
  • ma’lumoti to’g’risida davlat namunasidagi diplom va diplom ilovasi yoki umumta’lim maktabini 11-sinfini tamomlaganligi to’g’risidagi attestati (asl nusxasi);
  • 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
  • № 086-U shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

      Qabul ko’rsatkichlari bilan O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining internetdagi rasmiy veb sayti (www.markaz.uz) orqali tanishish mumkin. Eslatib o’tamiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari amaldagi tartib asosida bepul 3 yil davomida taxsil olish imkoniyatlari saqlab qolingan