Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman sektor rahbarlari tegishli mas'ul rahbarlar hamda mahalla raislari ishtirokida onlayn tarzda muloqot tashkil etildi.
Ushbu yig‘ilishda tegishli tashkilot rahbarlari mahalla raislari bilan onlayn tarzda muloqotda bo‘lib, kuz-qish mavsumi bo‘yicha muammo va takliflarini tingladi. Shuningdek, tuman rahbari tomonidan yuzaga kelgan muammolarni tezda bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tumandagi 5-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Tuman rahbari tomonidan mas'ullarga olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.
Karmana tumani shtabining raqamlari:
☎️ (79) 532-55-80 (79) 532-37-92 (24 soat)