Karmana Tumani hokimi V.Y.Adizovning

Ramazon hayiti munosabati bilan tuman ahliga

BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, hurmatli bayram ishtirokchilari va aziz tumandoshlar!

Xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etadigan qadimiy bayramimiz – Ramazon hayitini keng nishonlayotganimiz yurtdoshlarimizga quvonch ulashmoqda.

Shu fursatdan foydalanib, Sizlarni va sizlar orqali tumanimiz ahlini ushbu ulug‘ ayyom Ramazon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Hurmatli tumandoshlar,

Joriy yilgi Ramazon oyi har yilgidanda o‘zgacha ruhda va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi albatda. Joriy yil Ramazon oyligi doirasida butun Respublikada bo‘lgani kabi tumanimizdagi 5 ta jome masjidlarida ham xatmi Qur’onlar bir vaqtda boshlanib, qariyb bir oy davomida Qur’on tilovatlar qilinib, jonajon Vatanimizning tinchligi va ravnaqi hamda halqimizni farovon yashashliklari uchun ko‘plab duolar qilindi.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, yurtimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va
mehr-oqibat muhitini ko‘z qorachig‘idek saqlash hamda mustahkamlash, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag‘rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda.

Darhaqiqat, keskin va tahlikali sharoitda, tevarak-atrofda bo‘layotgan turli fojialar, xunrezliklar hamda har xil xurujlar mohiyatini teran anglab, hushyorlik va ogohlikni yanada oshirish hammamizning muqaddas burchimiz bo‘lishi kerak.

Shu o‘rinda, Prezidentimizning “Musulmonchilik har birimizning yuragimizda, vijdonimizda bo‘lishi lozim. Inson
imon-e’tiqodli bo‘lsa, yurtiga sodiq bo‘lib xizmat qilsa, u haqiqiy vatanparvar bo‘ladi”,
degan da’vatiga amal qilib, qalbimizga jo qilsak har tomonlama o‘rinli bo‘ladi.

Aziz tumandoshlar!

Yana bir bor Sizlarni va siz orqali barcha tumani­miz ahlini ulug‘ ayyom Ramazon hayiti bayrami bilan chin qal­bim­dan samimiy tabriklayman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz fa­rovonligi yo‘lidagi sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramlaringiz muborak bo‘lsin!