Ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumani “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi 16-uy, 2-xonadonda yashovchi fuqaro Aslanova Asalxon Islom qizi “Narpay” MFYda yashovchi turmush o‘rtog‘i Jumayev Husniddin Ne’mat o‘g‘li bilan oilaviy kelishmovchiligi sababli hozirgi kunda alohida yashab kelayotganligi hamda turmush o‘rtog‘i boshqa oila qurganligi uchun mahalla xodimlariga va turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rish haqidagi xabar e’lon qilindi.

 

Ushbu holat yuzasidan “Narpay” va “Buyuk ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inining “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan bir necha marta muhokama qilinib, fuqaro A.Aslanova va turmush o‘rtog‘i H.Jumayevlarning oilaviy kelishmovchiligini bartaraf etish chorasi ko‘rilganda, ikki tomon yashash istagi yo‘qligini bildirgan.

 

Shuningdek, 2024-yil 4-mart kuni “Narpay” va “Buyuk ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inining “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan ushbu oilani yarashtirish chorasi ko‘rilganda ikki tomon ham ajralish niyati borligini bildirib, tashkilot xodimlariga e’tirozi yo‘qligini bildirganligini ma'lum qilamiz.