#XUSHXABAR
♟KARMANALIK 10 YOSHLI NILUFAR G‘ARBIY OSIYO CHEMPIONI BO‘LDI
Qirg‘izistonning Issiqko‘l hududi mezbonlik qilayotgan 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi G‘arbiy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada mezbonlardan tashqari, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Shri-Lanka, Bangladesh, Hindiston, FIDЕ bayrog‘i ostidagi Rossiya, Tojikiston hamda Turkmanistondan bir nechta yosh toifasidagi shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surishdi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan shaxmatchilar safida Navoiy viloyati terma jamoasi a'zosi Karmanalik Nilufar Maxmudova 1-o‘rinni egallab, G‘arbiy Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Yosh va umidli sportchimiz Nilufarga kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilab qolamiz.