IKA YILNING ENG YAXSHILARINI E’LON QILADI

Xalqaro Kurash assosiasiyasi 2022 yil yakunlariga ko‘ra turli nominasiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshi kurashchilarini aniqladi.

Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan Milliy Olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi Bosh assambleyasi doirasida Xalqaro Kurash assosiasiyasi Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o‘yinlari Bosh direktori Haydar Farmon va Afrika Olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi Prezidenti Mustafo Berraf o‘rtasida uchrashuvda Kurashni Afrika yoshlar o‘yinlari tarkibiga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur voqealik Xalqaro Kurash assosiasiyasi tomonidan yilning eng muhim voq’yeligi deb topildi. Endilikda Kurash bo‘yicha bahslar Osiyo va Afrika yoshlar o‘yinlari dasturida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, An’aviy tarzda bir necha nominasiyalarda yilning eng yaxshilari e’tirof etildi.

Xususan, 81 kg vazndagi Karmanalik kurashchi Umid Esanov “Yilning eng yaxshi erkak kurashchisi”, deb e’lon qilindi.