XUSHXABAR
Respublika shoshilinch tibbiy xizmatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha Karmana tuman tibbiyot birlashmasiga Osiyo taraqqiyot banki homiyligida Germaniyaning Karl Shtors firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, zamonaviy, yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyatiga ega, qiymati 70 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi Laparoskop apparati keltirildi.
Ushbu Laparoskop apparatning afzallik tomonlari va imkoniyatlari shundan iboratki, ilgarilari jarohatli, kesish yo‘li bilan amalga oshirilgan operatsiyalar endilikda kesilmasdan, kichik jarrohlik amaliyoti yo‘nalishida o‘tkaziladi, monitor ichki organlarni 15 marta kattalashtirib ko‘rsatish xususiyatiga ega, reabilitatsiya davri qisqaradi, bemorga 2-kundan boshlab yurishga ruxsat beriladi. Operatsiya jarayonini bevosita monitorda kuzatish mumkin.