♟KARMANALIK 9 YOSHLI NILUFAR JAHON CHEMPIONATIDA "ENG YOSH SHAXMATCHI" NOMINATSIYASI G‘OLIBI BO‘LDI

Karmana tumanidagi 5-umumta’lim maktabning 2“A”-sinf o‘quvchisi Nilufar Mahmudova shaxmat bo‘yicha Gruziya davlatida jahon chempionatida ishtirok etib, "Eng yosh shaxmatchi" nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

Endilikda Nilufar yaqinda Indoneziya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi.

Kelajagi porloq sportchimiz Nilufarga chempion bo‘lib, yurtimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishida omad va zafarlar tilab qolamiz.