Joriy yilning 23-dekabr kuni Navoiy shahrida bir yo‘la 4 nafar egizak: 3 qiz va 1 o‘g‘il tug‘ildi. Chaqaloqlarning ota-onasi Shomurod Farmonov va Rahima Abdurahmonova Karmana tumanining "Talqoq" mahallasida istiqomat qilishadi. Egizaklarning buvisi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda turli xil asossiz maʼlumotlarni o‘qib, oila aʼzolarining dili xira bo‘layotgani va shu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirmoqchiligini Karmana tumani axborot xizmatiga maʼlum qildi.
"Assalomu alaykum hurmatli viloyatdoshlar! Men yaqin kunlarda egizak farzandlarni dunyoga keltirgan qizning onasi bo‘laman. Hozirda ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil maʼlumotlarni o‘qib rosti qattik hafa bo‘ldim. Shuni sizlarga aytmoqchimanki, farzandimni 22 xaftaligidan boshlab, perenatal markazida Homiladorlar hastaligi bo‘limida ona va bolani sog‘ligiga jonkuyarlik qilib, 31 haftalikkacha o‘zlarini bor bilim va salohiyatlarini ayamay yordam bergan shifokorlarimiz Namozova Lola, Ubaydullayev Ilhom, muddatidan oldin tug‘ruq bo‘lganligi sababli, shifokorlarimiz kechani-kecha kunduzni-kunduz demay fidokorona burchlarini bajarganliklari uchun perenatal markazi bosh derektori Gapparov Farxod, perenatal markaz bosh Nyantologi Safarov Erkin, chaqaloqlar Reanimatsiyasi bo‘limi boshlig‘i Safarova G. va Reanimatolog shifokor Tuxtayev X. hamda 23-dekabr sanasida navbatchi bo‘lgan barcha shifokorlar, hamshiralar, doyalar, kichik tibbiy xodimlarga qizimni va nabiralarimni hayoti xavf ostida bo‘lishiga qaramasdan fidokorona burchlarini bajarganlari uchun o‘z tashakkurimni va minnatdorchiligimni bildiraman. Hech qachon ularning oq libosiga dog‘ tegmasin, xalqni salomatligi yo‘lida hormay-tolmay ishlashlarini tilab qolaman", deb xabar berildi egizaklarning buvisi tomonidan.