Aholi tomorqalari oqova suvi bilan ta’minlanmoqda
Karmana tumani “Kumushkon” mahallasida qariyb 400 ta aholi xonadonlari oqova suv bilan ta’minlanadi.
- “Kumushkon” mahallasi 2018 yilda tashkil topgan bo’lib, mahalla hududida 1200 ta xonadon mavjud, shundan bugungi kunda 600 ta aholini tomorqadan foydalanishida oqova suvi og’riqli muammolardan biri edi, - deydi Karmana tumani Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’I o’rinbosari Sh.Zayniev. – Yilning o’tgan davri mobaynida 120 ta aholi xonadonlariga tuman hokimligi tashabbusi bilan 120 ta artezian quduqlar qazildi. Bugungi kunda aholini tomorqadan foydalanishini yanada yaxshilash maqsadida 3 ta skvajina quduqlari qazilmoqda. Natijada 400 ta xonadonning oqova suviga bo’gan ehtiyoji qoplanadi. Shuningdek, yil yakuni bilan aholini oqova suvga bo’lgan ehtiyojini to’liq bartaraf etish rejalashtirilgani ham takidlab o’tildi.
Aytish mumkinki, bularning barchasi keyingi yillarda qishloq odamlari uchun munosib turmush sharoiti yaratib, aholining yashash darajasini tubdan oshirish maqsadida belgilab olingan ustuvor vazifalarning amaldagi samarasidir.
Tuman hokimligi axborot xizmati 17.08.2021 yil