100.10“DO’STLIK” MAHALLASIDA SAYYOR QABUL

Bugun Karmana tuman hokimi F.Umarov navbatdagi sayyor qabuli davomida “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’ini aholisini murojaatlarini o‘rgandi.

Karantin qoidalariga rioya qilingan holda o‘tkazilgan qabul jarayonida o’ttizga yaqin murojaat tushgan bo‘lsa, aksariyat masalalar joyida hal etildi.

100.11

Qabul jarayonida asosan fuqarolarning salomatligini tiklashda moddiy ko‘mak, imtiyozli uy-joy olish, kredit, ichki yo’llarni ta’mirlash va boshqa bir qator masalalarida murojaatlari o’rganildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati 3.08.2021 yil