01 02 копияSayyor qabul: muammo, echim va samara

Bugungi kunda respublikamizda har bir sohada tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur islohotlar mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlariga etkazish, shuningdek, ularning qiynayotgan muammolariga echim topish maqsadida hududlarda barcha darajadagi rahbarlar va aholi ishtirokida sayyor uchrashuvlar o’tkazib kelinmoqda.
Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunovning bu galdagi uchrashuvi Karmana tumaniga qarashli “Shibzon”, “Arabxona”, “Jaloyir” va “Allon” mahalla fuqarolari ishtirokida tashkil etildi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, tijorat banklari va barcha mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda dastlab viloyat hokimi Q.Tursunov, bu kabi sayyor uchrashuvlar tashkil etishdan asosiy maqsad aholi bilan bevosita muloqotda bo’lish, shuningdek, fuqarolarni o’ylantirayotgan har qanday murojaatlarini ko’rib chiqish va mavjud muammoli holatlar yuzasidan amaliy yordam ko’rsatish ekanligini takidlab o’tdi.

01 110OG’IR TURMUSH SHROITIDAGI XOTIN-QIZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH MAQSADIDA

Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash Karmana tuman bolimi ko’magi bilan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg’armasi mablag’lari hisobidan, og’ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi b’lgan xotin-qizlarni hamda voyaga etmagan nogironligi bo’lgan farzandlariga nogironlik aravachalari, qo’ltiq tayoq va reabilitasiya vositalari topshirildi.
____________

ОҒИР ТУРМУШ ШАРОИТИДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ МАҚСАДИДА

Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш Кармана туман бўлими кўмаги билан xотин-қизларни қўллаб-қувватлаш Давлат мақсадли жамғармаси маблағлари ҳисобидан, оғир турмуш шароитида яшаётган, ногиронлиги бўлган хотин-қизларни ҳамда вояга етмаган ногиронлиги бўлган фарзандларига ногиронлик аравачалари, қўлтиқ таёқ ва реабилитация воситалари топширилди.
01 111

01 112

01 107TASHQI REKLAMALARNI JOYLASHTIRISH TALABLARIGA RIOYA QILISH ZARUR

Tuman hokimligining ishchi guruhi tomonidan tumandagi tashqi yozuvlar, jumladan, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi Qonun hujjatlariga muvofiqligi o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasiga to‘g‘ri kelmaydigan hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan 30 dan ortiq lavhalar, e’lon va boshqa axborot matnlari olib tashlandi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga reklama vositalarini qonunga muvofiq joylashtirish lozimligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bu kabi o‘rganishlar tumanda muntazam ravishda olib borilmoqda.

Tuman hokimligi axborot xizmati 11.08.2021 yil

01 109TUG‘ILGAN KUNINGIZ BILAN!

Bugun Karmana tuman hokimi Faxritdin Umarov Samatovich tavallud topgan kun. Faxritdin Umarov 1964 yilning 12 avgustida Karmana tumanida tug‘ilgan.

Faxritdin Umarov 2014-2015 yillarda Navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimi, 2015-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy isloxotlar masalalari qumitasi raisi, 2016 yilda Navoiy viloyat hokimining birinchi o’rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2020 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

2016 yildan Karmana tumani hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.

Faxritdin Umarovni tavallud ayyomi bilan Karmana tumani hokimligi jamoasi va tumanimiz faollari nomidan ushbu qutlug’ sana bilan tabriklaymiz! Uzoq umr va salomatlik tilaymiz!

Tumanimiz osoyishtaligi, farovonligi yo’lida amalga oshirayotgan sharafli vazifangizda kuch-g’ayrat sizni hech qachon tark etmasin!

01 101ҲАР БИР МУРОЖААТ ЭЪТИБОРДА

Кармана туман ҳокими ўринбосарлари Т.Уринов, Э.Кенжаев ва Ғ.Жумаевлар ҳамроҳлигида туман марказидан олис ҳудуд ҳисобланган Малик маҳалла фуқаролар йиғини аҳолисини ўйлантираётган муаммолари юзасидан сайёр қабули ташкил этилди.
Қабул жараёнида тумандаги корхона, ташкилот раҳбарлари ва тегишли масъул мутусаддилар иштирокида фуқароларнинг ҳар бир мурожаатларига алоҳида эътибор қаратилди.
Очиқ ва самимий мулоқот тарзида кечган қабулда уй-жойга эга бўлиш, моддий ёрдам, электр энергияси, кредит, ишга жойлашиш ва бошқа масалаларга оид мурожаатлар келиб тушди.

01 102
Қабул давомида ҳар бир мурожаат раҳбарлар томонидан алоҳида назоратга олиниб, уларни ҳал этиш бўйича чора-тадбирлар белгиланди.

Туман ҳокимлиги ахборот хизмати 7.08.2021 йил