- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 188
Tuman hokimi F. Umarovning
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan tuman ahliga bayram
T A B R I G I
Assalomu alaykum,qadrli do‘stlar!
Aziz tumandoshlar!
Shunday qutlug‘ kunlarda, barchamiz uchun, Eng ulug‘ va Eng aziz ayyom bo‘lmish, Mustaqillik bayramini ulkan yutuqlar va shodu xursandchilik bilan qarshi olmoqdamiz, shu fursatdan foydalanib, Sizlarni, Sizlar orqali butun tumanimiz ahlini, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Albatta, xalqimizning umummilliy bayrami haqida iftixor bilan so‘z yuritar ekanmiz, avvalo, mustaqilligimizning o‘tgan yillari davomida xalqimiz turli sinov va mashaqqatlarni o‘zining mustahkam irodasi, istiqlolga sadoqati va jasorati bilan yengib, o‘z o‘rnini topganligini, dunyo hamjamiyati tomonidan Yangi O‘zbekistonning barcha jabhalarda e’tirof etilayotganligi, har bir yurtdoshimizga g‘urur va iftixor baxsh etmoqda.
Zero, mustaqillik - milliy o‘zligimiz, or-nomusimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, qo‘lga kiritayotgan yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai sifatida vatandoshlarimiz qalbidan, ongu shuuridan tobora mustahkam o‘rin olib kelayotgan bebaho ne’matdir.
Mustaqillik yurtimizga, xalqimizga, har birimizga, ajdodlarimiz va o‘zligimizni anglash imkoniyatini, iymon-e’tiqodimizni qaytarib berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mustaqillik sharofati bilan har bir shahar va qishloqlarimiz o‘zgacha chiroy ochib, eng obod va go‘zal maskanlarga aylanib bormoqda.
Ayniqsa, xalqimiz turmush darajasi va yashash sifatini oshirish, mamlakat aholisining asosiy qismi yashaydigan xududlarni jadal rivojlantirish, qishloqlarda ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini hamda namunaviy loyihalar asosida shahar sharoitidan kam bo‘lmagan zamonaviy uy-joy massivlari va mahalla guzarlarini barpo etish, maishiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu kunlarda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida chuqur mujassam etgan shior ostida, butun mamlakatimiz ahli, jumladan, tumandoshlarimiz ham Mustaqillik bayramini katta muvaffaqiyat va ulkan yutuqlar bilan kutib olmoqda.
Joriy yilning 8 oyi davomida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,0 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 103,6 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 103,7 foizga, qurilish-pudrat ishlari 105,5 foizga, chakana savdo aylanmasi 107,6 foizga, kapital quyilmalarni o‘zlashtirish 104,5 foizga, xizmatlar hajmi 113,3 foizga o‘sishga erishildi.
Bugun tumanda sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar o‘zining ijobiy natijalarini berganligini alohida ta’kidlamasdan bo‘lmaydi. Bugungi kunda umumiy qiymati 115 mlrd.dan.ortiq, 37 ta loyihalar ishga tushirilib, natijada 600 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bugungi kunga qadar, 28,9 mln.dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Tumanda xizmat ko‘rsatish sohasi ham jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. 2023 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, Karmana tumanida aholi jon boshiga umumiy xizmatlar hajmi 7,7 million so‘mni tashkil etilishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, tumanimizda bunyodkorlik, qurilish, obodonlashtirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 35 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, 64 km yo‘llar asfaltlashtirildi, 50 kmdan ortiq ta’mirtalab ichki yo‘llari hashar yo‘li bilan shag‘allashtirildi.
Aholiga bir maromda toza ichimlik suvi yetkazib berish maqsadida ichimlik suvi yetib bormagan “Yangihayot” mahallasida 13 km, Arabxona maxallasida 4,5 km, ichimlik suvi quvurlari tortilib, hudud aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Shuningdek, Nurafshon va tuman markazidagi suv inshootlari qayta rekonstruksiya qilindi. Albatta, o‘tgan yilgi kuz-qish mavsumi barchamizga saboq bo‘ldi, elektr energiyasi va gaz ta’minotida ham bir qator ishlar olib borildi. 45 km tarmoq tortish, 14 dona yangi transformator o‘rnatish, 28 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash hamda 1150 dona yangi beton tayanchlar o‘rnatish, 72 km gaz tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi, reja asosida bu yilgi mavsumga puxta tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda.
Aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Prezidentimizning tashabbuslari bilan har bir hududda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini tashkil etish belgilanib, Karmana tumani “Do‘stlik” mahallasida ham “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilib, 2023 yilda 18 ta ko‘p qavatli, 420 xonadonli uy-joylar barpo etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi
737-son qaroriga asosan 14 nafar uy-joyga muhtoj boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarimizga “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilgan uy-joylar topshirildi. Albatta ushbu ezgu ishlarimiz kelgusi yillarda ham davom etadi.
Ushbu massivda aholiga qulaylik yaratish maqsadida, 330 o‘rinli zamonaviy umumta’lim maktabi, 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti,
50 qatnovli tibbiyot maskani va boshqa tadbirkorlik infratuzilma ob’yektlari barpo etildi.
Maktab va maktabgacha yoshigacha bo‘lgan bolalarni sifatli ta’lim olishi maqsadida investisiya dasturiga asosan “Kumushkon”MFY hududidagi
11-sonli umumta’lim maktabiga qo‘shimcha 180 o‘rinli o‘quv blogi, Ayronchi MFY hududida joylashgan 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari tugallanib foydalanishga topshirilsh arafasida.
Bundan tashqari tashabbusli byudjet portali orqali tuman aholisining o‘zlarini sayi harakatlari bilan 4 ta ko‘chada 4,8 mlrd so‘mlik asfaltlashtirish, 7 ta maktab va bog‘chalarimizga 10 mlrd, 200 mln so‘mlik loyihalar amalga oshirildi. Albatta, birgina bizni Karmana tumanidagi bunyodkorlik, farovonlik va amalga oshirilayotgan ishlar haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Bugun butun Respublikamizda ana shunday bunyodkorlik va farovonlik xukm surmoqda.
Aziz tumandoshlar!
Biz bunday baxtu saodatga, qutlug‘, nurli damlarga faqat va faqat mustaqillik, muhtaram Yurtboshimizning dono, odilona va oqilona ichki hamda tashqi siyosati, istiqlol baxsh etgan tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, tunlarni tonglarga ulab qilinayotgan zahmatli, matonatli mehnat va hamjihatlik tufayli erishayotganligimizni hech qachon unutmasligimiz lozim.
Erishilayotgan bunday yutuqlar esa hurmatli Davlatimiz Rahbari tomonidan hamisha munosib taqdirlanib kelinayotganligi, har birimizni yanada kuch-g‘ayrat va fidoiylik ko‘rsatish sari dadil undaydi.
Bugun shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, Istiqlol omon ekan, biz albatta, hurmatli Prezidentimiz boshchiliklarida bunyodkor va fidoiy xalqimiz birdamligida Yangi O‘zbekiston ko‘zlagan nurli manzillarga yetamiz!
Zero, buning uchun barcha asoslarimiz yetarli. Biz uchun eng muhimi va quvonarlisi esa bunday ulug‘vor ishlarda tumanimiz ahlining ham munosib o‘rni va ulushi bo‘lishidadir.
Qadrli tumandoshlar!
Fursatdan foydalanib, Sizlarga va butun tumanimiz ahliga mustahkam sog‘lik, baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Mustaqillik nashidasi har bir inson qalbini nurlarga to‘ldirsin. Mamlakatimiz taraqqiyotning oydin yo‘lidan yuksaklik sari dadil odimlayversin. Xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
E’tiborlaringiz uchun Raxmat!
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 234
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targʻibotchilarining Oʻzbekiston xalqiga murojaati
Qadrli vatandoshlar!
Keyingi oylarda mamlakatimizda boʻlib oʻtgan ulkan siyosiy voqealar – Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining umumxalq referendumi orqali qabul qilingani va navbatdan tashqari Prezident saylovining muvaffaqiyatli oʻtkazilgani koʻpmillatli, mard va olijanob xalqimizning Yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish yoʻlida naqadar yakdil, birdam va hamjihat ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
Birlashgan xalq, birlashgan jamiyat oʻzining xohish-irodasi, bunyodkorlik salohiyati bilan qanday buyuk ishlarga qodir ekanini qadimiy va boy tariximiz davomida koʻp bor koʻrganmiz. “Elning kuchi – birlikda, elning baxti – tinchlikda”, deydi donishmand xalqimiz.
Darhaqiqat, birlashgan el oldida togʻlar ham bosh egadi. Birlashgan yurtning tinch, erkin va mustaqil hayoti hech qachon buzilmaydi. Birlashgan jamiyat har qanday toʻsiq va gʻovlardan, sinov va mashaqqatlardan yorugʻ yuz bilan oʻtadi, oʻz oldiga qoʻygan buyuk maqsadlarga albatta yetadi.
Yaratganga behisob shukurlar boʻlsinki, bugun bizning xalqimiz ham oʻz kuch va imkoniyatlariga ishonib, kelajakka dadil qarab, ulkan birlik va hamjihatlik ruhi bilan yashamoqda.
Bugungi kunda qanday notinch, murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimizni albatta barchamiz yaxshi tushunamiz. Hayotning oʻzi ilgari tariximizda, taraqqiyot yoʻlimizda uchramagan muammo va vazifalarni oldimizga keskin qilib qoʻymoqda.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, umumiy va mushtarak maqsadlar yoʻlida milliy jipslik, har bir ishni ilm, aql va maʼrifat bilan, xalq bilan kengashgan holda amalga oshirish, faqat va faqat oldinga qarab borish bugungi hayotimiz va faoliyatimizning kundalik qoidasiga aylanishi lozim.
Ayniqsa, yosh avlodimizni eng ilgʻor ilm va kasb-hunarlar bilan qurollantirib, zamon bilan hamnafas, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida, har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, uni turli yot va begona taʼsirlardan asrash birinchi galdagi vazifamizga aylanmoqda.
Global miqyosda inson qalbi va ongi uchun kurash tobora kuchayib, universal vositalar, ijtimoiy tarmoqlar, erkinlik niqobidagi axloqsizlikni targʻib etadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yerga uradigan gʻoyaviy tahdidlar va axborot xurujlari kundan-kunga ortib borayotgan hozirgi vaqtda bu vazifalarni amalga oshirish naqadar qiyin ekani ham barchamizga ayon, deb oʻylaymiz. Afsuski, ekstremizm, radikalizm, axloqsizlik, korrupsiya, jinoyatchilik kabi jirkanch illatlar hali suyagi qotmagan, hayot yoʻlini aniq belgilab olmagan, zararli taʼsirlarga beriluvchan, maʼnaviy-mafkuraviy immuniteti boʻsh yoshlarimizni toʻgʻri yoʻldan chalgʻitishga urinmoqda. El-yurtimiz ravnaqi va farovonligini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlarni atayin obroʻsizlantirishga, ularning maqsadi va mohiyatini notoʻgʻri talqin etishga, oilaviy qadriyatlarni oyoq osti qilgan holda, jaholat, maʼnaviy tubanlik, yovuzlik, johillik koʻrinishlarini keng targʻib etib, moʻmay daromad olishga intilayotgan kimsalar ham oramizda yoʻq emas. Bu esa xalqimizni tashvishlantirib, uning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Ana shunday holatlarning tahlili va ularni bartaraf etish boʻyicha oldimizda turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda, biz – Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faollari va bir guruh targʻibotchilar mamlakatimizdagi barcha ota-onalar, ziyolilar, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar faollariga, muhtaram nuroniylarimizga, butun xalqimizga murojaat etishga qaror qildik.
Muhtaram ota-onalar!
Oila – jamiyatning eng asosiy va tayanch boʻgʻini. Aynan muqaddas oila qoʻrgʻoni bizga eng ulugʻ orzu-niyatlarimizni amalga oshirish imkonini beradi. Chinakam insoniy tuygʻu va fazilatlar, avvalo, oila bagʻrida kamol topadi. Shu bois, oila institutini asrash va mustahkamlash barchamizning buyuk insoniy burchimizdir.
Bugungi kunda hayotimizda sodir boʻlayotgan baʼzi salbiy va nomaʼqul holatlarning asl ildizi qayerda? Avvalo, oiladagi tarbiyada xatoga yoʻl qoʻyilgani, azaliy qadriyatlarimiz taʼsiri susaygani natijasi emasmi bu?
Zero, mamlakatimizning ertangi taqdiri va kelajagi uchun masʼul boʻladigan jondan aziz oʻgʻil-qizlarimizning tarbiyasi uchun barchamiz javobgarmiz. Chunki millat bolalarining begonasi boʻlmaydi. Tarbiya masalasida beparvo boʻlib, bir chekkada qoʻl qovushtirib turish, bu – Vatanga, kelajakka xiyonatdir.
Shu maʼnoda, ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratning “Har bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning maʼnaviy-ruhiy qudrati, ichki intizomi, totuvligiga bogʻliq. Qayerda oila munosbati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam boʻladi” degan soʻzlari hozirgi kunimiz uchun ham gʻoyat dolzarb ahamiyatga egadir.
Hech qachon unutmaylik, farzandlarimizning ertaga kim boʻlib yetishi bugun ularga oilada qanday tarbiya berayotganimiz, ularning qalbini, ongini nima bilan toʻldirayotganimizga bogʻliq. Agar oʻgʻil-qizlarimizni hozirdan boshlab ilmga, hunarga, mehnatga, odob va madaniyatga oʻrgatsak, ularning koʻngliga ona yurtga muhabbat va sadoqat hissini, yuksak insoniy tuygʻularni singdirsak, avlodlar kelajagi baxtli boʻlishiga mustahkam poydevor qurgan boʻlamiz. Mabodo beparvolik bilan ularning tarbiyasini oʻz holiga tashlab qoʻysak, qalbini, ongini mobil aloqa va Internet vositalaridagi turli zararli va boʻlmagʻur “virus”larga yem qilib bersak, kelajagimizni, farzandlarimiz hayotini oʻz qoʻlimiz bilan barbod qilgan boʻlamiz.
Farzandlarimiz nimalar bilan shugʻullanayotganiga, kimlar bilan doʻst boʻlib, muloqot qilayotganiga hech qachon befarq qaramaylik. Qanchalik qiyin boʻlsa ham, ularning ijtimoiy tarmoqlarda nimalar bilan shugʻullanayotganini kuzatib boraylik, ushbu makon ular uchun halokat emas, saodat manbai boʻlib xizmat qilishi uchun zarur choralarni izlab topaylik. Inson oʻz bolasining baxti, kelajagi uchun nimalar qilmaydi? Lekin faqat taqiqlash, jazolash bilan emas, taʼsirchan tarbiya usullari, aql va bilim bilan, bogʻcha, maktab, oliygoh, mahalla jamoatchiligi, huquq-tartibot idoralari xodimlari, diniy ulamolar bilan birgalikda ish olib borsak, albatta ijobiy natija boʻladi.
Farzandlarimizni mehnatga, ilmga, hunarga oʻrgatish, ularni oʻzaro yordam, hashar, saxovat va muruvvat kabi qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ona tabiatni sevish va asrash, uni kelajak avlodlarga bezavol yetkazish ota-ona sifatida barchamizning burchimiz ekanini unutmaylik!
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi”. Yuksak maʼnaviy kamolotga uzluksiz taʼlim va tarbiya uygʻunligi orqali erishiladi. Oiladagi tarbiya, jamiyatdagi yurish-turish, muomala madaniyati, salomlashish va kiyinish odobi, insoniy fazilatlarni namoyon etishda farzandlarimizga avvalo, oʻzimiz oʻrnak boʻlaylik.
Farzandlarimizda, ayniqsa, bolaligidan boshlab kitobga mehr uygʻotish oʻta muhimdir. Buning uchun xonadonlarimizda moʻjaz kutubxonalar tashkil etib, ular bilan birga kino va teatrlarga, muzeylarga, qadimiy shaharlarimiz boʻylab sayohatlarga borib farzandlarimiz qalbiga ezgu hislarni singdiraylik. Oʻgʻil-qizlar bilan samimiy, doʻstona suhbatlashib, qiziqish va intilishlarini rivojlantirishga, maʼnaviy va ruhiy olamini shakllantirishga eʼtibor beraylik. Bugun farzandlarimizga ajratgan vaqtimiz, mehrimiz va eʼtiborimiz ertaga oilamiz va jamiyatimizga hech narsa bilan oʻlchab, baholab boʻlmaydigan insoniy resurs va kapital boʻlib qaytadi.
Qadrli ziyolilar, hurmatli ustozlar!
Sizlar – jamiyatning eng ilgʻor, bilimli va maʼrifatli qatlamini tashkil etasiz.
Sizlar Vatan va xalq oldidagi fuqarolik burchingiz va vazifangizni boshqalardan koʻra chuqurroq anglab, oʻz ilm va tafakkuringiz, madaniyatingiz, maʼnaviy-ruhiy saviyangiz bilan millionlab yurtdoshlarimizga oʻrnak boʻlasiz.
Shu bois, sizlarning soʻzingiz odamlar qalbiga tezroq yetib boradi, ibratli ishlaringiz el-yurt oʻrtasida namuna boʻladi.
Yangi Oʻzbekistonda yangi madaniy va maʼnaviy makon yaratish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimiz ongini, dunyoqarashini islohotlarimiz jarayonida ilgari surilayotgan zamonaviy gʻoyalar asosida shakllantirishda sizlarning oʻrningiz va taʼsiringiz beqiyosdir.
El-yurtimiz sizlardan bugungi davrning butun qarama-qarshilik va ziddiyatlari, ularni hal etish yoʻllari haqqoniy ochib berilgan, zamondoshlarimizning maʼnaviy-ruhiy qiyofasi taʼsirchan aks ettirilgan ilmiy va badiiy asarlar, musiqiy, tasviriy polotnolar, zamonaviy innovatsion gʻoyalar, pedagogik texnologiyalarni hayotga joriy etish boʻyicha amaliy-metodik ishlanmalar yaratishingizni kutmoqda.
Hozirgi vaqtda mediamakonda madaniyatsizlik, axloqsizlik koʻrinishlari bilib-bilmay targʻib etilayotgan bir paytda ularga qarshi barchamiz birlashaylik, xalqimizga bunday maʼnaviy tahdidlar ortida qanday gʻarazli maqsadlar yashiringani, ular qanday ogʻir va achchiq oqibatlarga olib kelishini tushuntiraylik.
“Demokratiya”, “fikr erkinligi”, “ochiqlik” tamoyillarini niqob qilib, xalqimiz ming yillar davomida koʻz qorachigʻidek asrab kelgan qadriyatlarimizni buzishga, hayotimizni ichidan qoʻporishga aslo yoʻl qoʻymaylik.
Ziyolilar davlat va xalq oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashda oʻziga xos koʻprikdir. Olib borayotgan targʻibot ishlarimiz yurtdoshlarimiz, avvalo, yoshlarimizda yuksak vatanparvarlik, milliy birlik, gʻurur va iftixor tuygʻularini uygʻotishga yanada samarali xizmat qilsin.
Bu borada eskirgan, zerikarli va samarasiz usullardan voz kechib, har bir uchrashuv va muloqotni taʼsirchan, noanʼanaviy va aniq natijaga xizmat qiladigan yangicha usullar asosida oʻtkazishga harakat qilaylik!
Xalqaro Internet tarmogʻi orqali tarqatilayotgan buzgʻunchi gʻoyalar, gʻarazli axborotlar, hayotimiz ziynati boʻlgan odob-axloqimiz, maʼnaviyatimizga salbiy taʼsir koʻrsatadigan buzgʻunchi aksiyalar, yoshlarni zalolatga boshlaydigan jirkanch tasvir va media mahsulotlar mohiyatini keskin fosh etib, oqni – oq, qorani – qora, deb, asl haqiqatning kuchini el-yurtimizga biz koʻrsatmasak, oʻzingiz ayting, kim koʻrsatadi?!
Biz shu yoʻlda barchangizni yanada faol boʻlishga chaqiramiz. Hech qachon unutmaylik, maʼnaviy kurashlar sohasida ham faqat va faqat buyuk azmu shijoat bilan dadil harakat qilgan, oldinga qarab borgan jamiyatgina maqsadiga yetadi.
Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar!
Tadbirkorlar hamisha, hamma zamonlarda bunyodkor, yaratuvchi, saxovatpesha kuch boʻlish bilan birga, maʼnaviyat, madaniyat maydoni pahlavonlari sifatida ham faoliyat koʻrsatganlar. Arzimagan, oʻtkinchi, shaxsiy foydasinigina koʻzlab, millatining maʼnaviy ildizlariga bolta uradigan maxsulotlarni hech qachon yurtimizga keltirmaganlar. Tijorat bobida harom-xarish yoʻllardan yurmaganlar, oʻzgalarning haqiga aslo xiyonat qilmaganlar. Har bir ishni insof, diyonat, halollik, rozi-rizolik asosida olib borganlar. Bugun biz sizning timsolingizda ana shunday vijdoni pok, Vataniga, xalqiga sodiq Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlarini koʻramiz.
Xalqimiz doimo izlanib, yangilikka intilib yashaydigan jonkuyar tadbirkorlarni oʻz ishiga fidoyi va vatanparvar insonlar deb biladi va qadrlaydi.
Bugungi kunda hayotimizda “tadbirkor maʼnaviyati” degan tushuncha paydo boʻlmoqda. Aynan maʼnaviyat mezonlariga amal qilgan tadbirkorlarimiz el-yurtimizning ezgu duolariga sazovor boʻlmoqda.
Ishonchimiz komil, sizlar xalqimizning ana shunday yuksak bahosiga doimo munosib boʻlib, jamiyatimiz hayotiga yangi maʼnaviy nafas olib kirasiz, azaldan poklik, insof va diyonat tamoyillariga asoslangan oʻzbek savdogarlari, tijorat ahli anʼanalarini munosib davom ettirib, yanada yuksak bosqichga koʻtarasiz.
Muhtaram mahalla faollari!
Mahalla qadim-qadimdan tinchlik va osoyishtalik, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat va tarbiya maskani boʻlib kelgan. U biz uchun Vatan ichra kichik Vatandir!
Bugungi kunda mahalla odamlar oʻrtasida mehr-oqibat bardavomligini taʼminlaydigan, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlaydigan noyob tuzilmaga, chinakam xalq vijdoniga aylanib borayotgani albatta barchamizni quvontiradi.
Ayni paytda bugungi shiddatli zamon mahalla tizimi oldiga ham dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Ana shunday murakkab sharoitda ezgu qadriyatlarimiz asosida yanada birlashib, mahallalarimizni turli illatlar, maʼnaviy tahdidlardan xoli ulugʻ fazilatlar makoniga aylantiraylik.
Bugun har bir mahallada maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ishlarga masʼul shaxslar belgilangan. Bu borada kamarbasta boʻlayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimiz safi tobora kengayib bormoqda. Ularning hayotiy bilim va tajribasi, oltinga teng oʻgitlari, yuksak ijtimoiy nufuzidan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashda keng foydalanaylik.
Xalqimiz donishmandligining yuksak namunasi boʻlgan “Bir bolaga yetti mahalla – ota-ona” degan naqlga tayangan holda, mahalladagi har bir bolaning tarbiyasi uchun oʻzimizni masʼul deb bilaylik!
Aziz yoshlarimiz!
El-yurtimiz yangi Oʻzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda butun xalqimiz qatori sizlarga tayanadi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalaning.
Mamlakatimiz kelajagi sizlarning qoʻlingizda. Yangi Oʻzbekistonni kelgusida aynan sizlar dunyoga tanitasiz. Bunga doimo munosib boʻling!
Yoshlikka xos qatʼiyat, gʻayrat va shijoat, joʻshqinlik va mardlikni, hushyorlik va tadbirkorlik, ezgu orzu-intilishlarni amaliy harakatga aylantirib, salmoqli natijalarga erishish uchun oʻz oldingizga aniq maqsadlar qoʻyib yashashdan aslo charchamang.
Vatanni sevish, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, maʼrifatparvar jadid bobolarimizning shonli anʼanalarini ardoqlab, ularni munosib davom ettiring.
Taʼlim-tarbiya, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni oʻrganishda, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashda, jahon maydonidagi raqobatda xorijdagi tengdoshlaringizdan aslo kam emasligingizni amalda isbotlang. Siz bunga har tomonlama qodirsiz.
Buzgʻunchi gʻoyalar, vayronkor mafkuralar tuzogʻidan doimo ogoh boʻling!
Hech qachon unutmang, Siz – xalqimiz umid va ishonch bilan koʻz tikkan kelajak bunyodkorlarisiz.
Aziz vatandoshlar! Bugungi kunda xalqimizni buyuk maqsadlar sari dadil boshlab borayotgan azmu shijoatli Prezidentimiz atrofida, muqaddas Vatanimiz bayrogʻi ostida qudratli xalq boʻlib yanada jipslashaylik. Birgalikda ulkan marralarni zabt etaylik. Maʼrifatli va farovon jamiyat qurishdek ulugʻ maqsad yoʻlida aslo charchamaylik. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish har birimizning muqaddas maqsadimizga aylansin!
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 190
Кармана туманида 2023 йилнинг 2 чораги давомида "Ташаббусли
бюджет" бўйича амалга оширилган ишлар
Ташаббусли бюджет жараёнининг 2023 йил 1-мавсумида “Фуқаролар ташаббуси” жамғармасига жами 12,2 млрд. сўм маблағ шакллантирилди.
Маълумот учун, 01.01.2023й. қолдиқ 1,0 млрд.сўм, қўшимча манбанинг 30% ҳисобидан 453,0 млн.сўм; бюджет параметрида умумий харажатларнинг 5% миқдорида режалаштирилган маблағ 4,0 млрд.сўм; республика бюджетидан қўшимча ажратилган 6,7 млрд.сўм
Жорий йилнинг 10 апрелда Ўзбекистон Республикаси Президентининг
ПҚ-117 сонли қарорига асосан Кармана туманида 7 та маҳаллалардаги
6,7 млрд сўмлик 7 та лойиҳаларда фуқаролар томонидан 2 мингдан ортиқ овоз тўпланган лойиҳалар ғолибликни қўлга киритди.
Ушбу маблағлар учун фуқаролар томонидан 464 та турли таклифлар келиб тушди. Овоз бериш жараёнларига 62,2 мингга яқин фуқаролар иштирок этиб, натижада 11,5 млрд.сўмлик 11 та лойиҳалар ғолиб деб топилди. Жумладан,
7 та лойиҳа 6,7 млрд.сўм таълим муассасаларини таъмирлаш ва жихозлаш учун, булар қуйидаги лойихаларни ўз ичига олади:
- Кармана туманидаги 28-сонли умумий ўрта таълим мактабининг моддий техник базасини ривожлантириш учун керакли жихозлар харид қилиш учун 1,2 млярд.сўм;
- Кармана туманидаги 27-сонли умумий ўрта таълим мактабининг моддий техник базасини ривожлантириш учун керакли жихозлар харид қилиш учун 0,8 млярд.сўм;
- Кармана туманидаги 6-сонли умумий ўрта таълим мактабининг моддий техник базасини ривожлантириш учун керакли жихозлар харид қилиш учун 0,8 млярд.сўм;
- Кармана Туман 5-ДИУМ 1974-йил қуриб ишга тушган. Шундан бери том қисми, эшик-дераза, иссиқлик тизими синф хоналар ленолиуми сифат ахволда келиб қолган. 1500 га яқин ўқувчи уқийди. Деразалари ёмғир, офтобга шишиб сифатини йўқотганлиги сабабли реканструкция қилиш учун 1,2 млярд.сўм;
- Кармана туман 7-умумий ўрта таълим мактабида 16 йилдан буён мавжуд бўлмаган замонавий қуёш батареялари билан жихозланган фаоллар зали ҳамда болалар овқатланадиган ошхона қуриш учун 1,2 млярд.сўм;
- Кармана туманидаги 3-сонли умумий ўрта таълим мактабига спорт зал, ёпиқ холдаги сунъий қопламали футбол майдони ҳамда уйингох қуриш учун 1,2 млярд.сўм;
- Кармана туманидаги 2-сонли информатика ва ахборот технологияларига ихтисослаштирилган давлат умумий ўрта таълим мактабига сунъий қопламали футбол майдони қуриш учун 0,3 млярд.сўм. маблағлар ажратилди.
1 та лойиҳа 1,2 млрд. сўм тиббиёт объектларини жихозлаш харажатлари учун:
- Кармана туман тиббиёт бирлашмасига жаррохлик амалиётлари ўтказиш учун замонавий апаратлар сотиб олиш учун 1,2 млярд.сўм. маблағ ажратилди.
2 та лойиҳа 2,4 млрд.сўм ички йўлларни таъмирлаш, пиёдалар йўлаклар барпо этишга, булар қуйидаги лойихаларни ўз ичига олади:
- Кармана туман Арабхона МФЙ бободехқон кўчасини асфаллаштириш учун 1,2 млярд.сўм;
- Кармана туман Пахлавон МФЙ ўрикзор кўчасини 2000 метрини асфаллаштириш учун 1,2 млярд.сўм. маблағлар ажратилди.
1 та лойиҳа 1,2 млрд. сўм мактабгача таълим соҳасини ривожлантириш учун:
- Кармана туманидаги 7-сонли давлат мактабгача таълим ташкилотини мукаммал таъмирлаш учун 1,2 млярд.сўм. маблағ ажратилди.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 185
#XUSHXABAR
♟KARMANALIK 10 YOSHLI NILUFAR G‘ARBIY OSIYO CHEMPIONI BO‘LDI
Qirg‘izistonning Issiqko‘l hududi mezbonlik qilayotgan 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi G‘arbiy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada mezbonlardan tashqari, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Shri-Lanka, Bangladesh, Hindiston, FIDЕ bayrog‘i ostidagi Rossiya, Tojikiston hamda Turkmanistondan bir nechta yosh toifasidagi shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surishdi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan shaxmatchilar safida Navoiy viloyati terma jamoasi a'zosi Karmanalik Nilufar Maxmudova 1-o‘rinni egallab, G‘arbiy Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Yosh va umidli sportchimiz Nilufarga kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilab qolamiz.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 162
Ijtimoiy tarmoqlarda "Karmana tumani “Allon” MFYda yashovchi tadbirkor Xalq banki bilan bog‘liq muammosi haqida murojaat yo‘llagan. Tadbirkorning ruxsatisiz bino garovga qo‘yilib, kredit olingani va to‘lovlar amalga oshirilmagani uchun bino auksionda sotib yuborilgan" (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida e'lon qilingan video murojaat yuzasidan
RASMIY MUNOSABAT
Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi mas’ul xodimlari hamda AT Xalq banki Karmana amaliyot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra AT Xalq banki Karmana amaliyot bo‘limi va “Best Oil Karmana” xususiy korxonasi o‘rtasida 2017-yil 28-yanvar kuni № 17/1-sonli kredit shartnomasiga asosan Zarafshon Oil xususiy korxonasi balansida bo‘lgan Karmana tumani Jaloir QFYda joylashgan AYOQSHni sotib olish maqsadida 288 000 000 (ikki yuz sakson sakkiz million) so‘mni 3-yil muddatga qaytarish belgilanib, yillik 18 foiz ustama to‘lash sharti bilan bank mablag‘i hisobidan kredit mablag‘i ajratilgan. Biroq mijoz tomonidan kredit shartnoma shartlariga rioya qilinmaganligi sababli, 2017-yil 20-avgust kuni kredit qarzdorligini so‘ndirish bo‘yicha ogohlantirish xati yuborilgan. Ogohlantirish xati jo‘natilganiga qaramasdan to‘lovlar amalga oshirilmaganidan so‘ng, bank tomonidan kredit qarzdorligini undirish va garov mulklariga qaratish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga jami qarzdorlikni undirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritilgan. 2017-yil 12-oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori chiqarilgan va 2017-yil 2-noyabr kuni Majburiy ijro byurosining Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga tushgan.
Shuningdek, 2017-yil 27-noyabr kuni davlat ijrochisi tomonidan Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida qaror chiqarilgan va savdoga qo‘yilgan. Garov mulklari elektron auksionda sotilib, kredit qarzdorligiga yo‘naltirilganligini ma'lum qilamiz.