KARMANALIK MAKTAB DIREKTORLARI TAQDIRLANDI
Kecha 19 oktyabr kuni Karmana tuman hokimi F.Umarov rahbarligida tumandagi umumiy o’rta ta’lim maktablarini 2019-2020 o’quv yili bitiruvchilari oliy talim muassasalari va kasb-hunar bilim yurtlariga o’qishga kirish taxlili hamda bitiruvchilarni ish bilan bandligini taminlash borasidagi ishlar muxokamasiga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Tuman hokimi yig’ilishda ishtirok etayotgan hokim o’rinbosarlari, sektor raxbarlari, xalq ta’limi bo’limi mudiri, o’rinbosarlari, yoshlar ishlari agentligi va tegishli tashkilot rahbarlari hamda maktab direktorlariga, oliy o’quv yurtiga hujjat topshirmagan hunar o’rganishga ishtiyoqi baland yoshlar bilan tizimli ishlashda bajarilish lozim bo’lgan vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, yig’ilish yakunida o’quvchilari oliy o’quv yurtiga kirish bo’yicha yuqori natija ko'rsatgan 17, 28, 30 - umumiy o’rta talim maktab direktorlariga tuman hokimligining maxsus "TASHAKKURNOMA"si va estalik sovg’alari topshirildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati
20.10.2020 yil