#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi

“O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident Farmoyishi qabul qilindi

⚡️ Unga ko'ra, Konstitutsiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar samarali tashkil etiladi.

✅ Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish dasturi hamda tashkiliy qo'mita tasdiqlandi.

 Bayramni bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi:

➖yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O'zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo'nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta'lim va mehnat jamoalarida ma'rifiy uchrashuv va suhbatlar o'tkazish;

➖so'nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma'naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o'rni va rolini yoritish;

➖“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o'tilganligini ochib berish;

➖mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta'minlash, sog'liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san'at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targ'ib qilish;

➖“Konstitutsiya oyligi” doirasida umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlarida barcha o'quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini o'tkazish.