#Adliya_xabari
Umummilliy Konstitutsiya imtihoni: qatnashchilarning Konstitutsiyani bilish darajasi o'rta hisobda 65 foizni tashkil etdi
Imtihonda jami 210 720 nafar fuqarolar ishtirok etdi (shundan 40 foizi – erkaklar, 60 foizi – ayollar).
Ishtirokchilarning:
93 foizini yoshlar tashkil etdi. Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida yashovchi 73 yoshli M.Usmonova eng yoshi katta ishtirokchi bo'ldi;
77 foizi – umumta'lim maktab, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari, 12 foizi – talabalar, 11 foizi – boshqalardan iborat.
Respublika bo'yicha barcha ishtirokchilarning o'rtacha ko'rsatkichi 65 foizni tashkil etdi (20 ta savoldan 13 ta to'g'ri javob).
Ishtirokchilarning uchdan bir qismi imtihonda a'lo natijani qayd etdi (17 ta to'g'ri javob). 6 foiz ishtirokchi barcha savolga to'g'ri javob berdi.
Eng yaxshi natijani Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlari qayd etdi (o'rtacha 15 ta to'g'ri javob).