O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi mas'ullari, Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, viloyat hokimi o‘rinbosari Sanatullo Hikmatov, tegishli mas'ul rahbarlar hamda fermerlar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda mutaxassislar tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, bu yil paxta ekinida Xitoyda yetishtirilgan g‘o‘za navlaridan foydalanish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.