MEVALI BOG‘ VA TOKZORLARDA TUTQICH BELBOG‘LAR O‘RNATILMOQDA

    Respublikamizning geografik o‘rni va tuproq-iqlim sharoitlari dehqonchilikning barcha turlarini rivojlantirish uchun juda qulay hisoblanadi. Serquyosh tabiatimiz  sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarga ega.

Ammo, bunday iqlim sharoiti qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazadigan har xil hasharotlarning ko‘payishiga ham sabab bo‘ladi. O‘rta Osiyoda shu jumladan tumanimiz hududlarida ham deyarli barcha zararkunandalar tez rivojlanib yiliga shimoliy mintaqalarga nisbatan bir necha marta ko‘p bo‘g‘in beradi. Bu esa o‘simliklarni himoya qilish uchun zararkunandalar biologiyasini , uni o‘simlik va muhit bilan uzviy bog‘lanishini chuqur o‘rganib, eng samarali kurash chora va vositalarni qo‘llashni taqozo etadi.

      Hozirgi vaqtda, kuzgi va kechki olma, nok va behi bog‘laridagi daraxtlarga tutqich belbog‘larni bog‘lash ishlarini amalga oshirish zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. Maʼlum muddatdan so‘ng, ularni daraxtlardan yechib olib, belbog‘dagi zararkunandalarni qaynoq suvga solib olma qurti va boshqa zararkunandalarni nobud qilish, yoqib yoki ko‘mib yo‘qotish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

     Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani singari Karmana tumani O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tumandagi mavjud 649 gektar maydondagi bog‘larda zararkunanda va hasharotlarga qarshi tutqich belbog‘lar o‘rnatilmoqda. Joylarda targ‘ibot-tashviqot va nazorat ishlari amalga oshirilib bugungi kunda bog‘larda amalga oshirilishi zarar bo‘lgan agrotexnik tadbirlar doirasida o‘zlarining tegishli tavsiya hamda tushunchalarini berib bormoqdalar..

– Bu kabi belbog‘lar kelgusi yil mo‘l hosildorlik garovi hisoblanadi Birgina tuzoqli belbog‘larni olib qaraydigan bo‘lsak, daraxtlardan erga tuxum qo‘yish uchun va keyin daraxtlarga chiqish uchun harakatlanayotgan qurt – qumursqalarni tutish va yo‘q qilish maqsadida qo‘llaniladi.

 

O‘simliklar karantini va himoyasi Karmana tumani bo‘limi

fitosanitar nazorati davlat inspektorlari Mustafo Nazarov,

Furqat Raxmatov, Rasul Ochilov.