G’ALLA EKISH MAVSUMI BOSHLANMOQDA
2022 yil g’alla hosili uchun bugundan taraddu ko’rilmoqda. Ayni paytda ekish oldidan 1-sektor hududiga qarashli Amir G’olib fermer xo’jaligida ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda yangi g’alla ekish seyalkalarining afzalliklari va qulayliklari haqida so’z bordi. Karmana tuman hokimining qishloq va suv xo’jaligi bo’yicha o’rinbosari Adizqul Qoraboev yangi g’alla ekish seyalkalarining dehqon qo’l mehnatining engillashtirishga xizmat qilishi, kelgusida nihollarning benuqson bo’y cho’zishiga kafolatlanganligi, don ekishda sarf-xarajaatlarning qisqarishi yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi.
Tuman hokimligi axborot xizmati 21.08.2021 yil