Ijtimoiy tarmoqlarning birida fuqaro tomonidan “Kadastr idorasi “naves”imni buzdirdi. Holbuki, boshqa tadbirkorlarga bunday talab qo‘yilmadi” sarlavhasi ostida e'lon qilingan ma’lumot yuzasidan
RASMIY MUNOSABAT
Ushbu holat yuzasidan tegishli mas'ullar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra Karmana tumanidagi “Ziyokor” mahallasi Bahor massivi 11 a-uyda yashovchi fuqaro Anvar Amonovga Kasaba Do’rman kanalining himoya hududidan o’zboshimchalik bilan jami 85,0 kv.metr 5*17 metr o’lchamda ayvon o’rnatib olgan holda foydalanib kelganligi aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismiga asosan qonun buzilishi holati sodir etganligi uchun 2024-yil 28-fevralda 01-15/35-sonli ogohlantirish xati berilib, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shundan so’ng fuqaro Amonov Anvar Normuminovich O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga asosan o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida o’rnatilgan ayvonni ogohlantirish xatida belgilangan muddatda o’z hisobidan bartaraf etganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlik holati O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 60-moddasi 4-qismiga asosan tugatilganligini ma’lum qiladi.