Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Nizomiy chorraxasi yonida moyka uchun joykilobdi kilishiga karshiligim yuk lekin kaysi mezonga tugri keladi" (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida e'lon qilingan ma’lumot yuzasidan
RASMIY MUNOSABAT
Ushbu holat yuzasidan Kadastr agentligi Karmana tumani bo‘limi tomonidan tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, Karmana tumani “Xo’ja Xisrav” MFY Karmana ko’chasi 1-a-uyda yashovchi fuqaro Z.Qutliyev tomonidan Karmana ko’chasining Navoiy shahri bilan chegaradosh hududida yuqori bosimli elektr tarmog’ining himoya qismidan 80,0 kv.metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab qishloq xo’jaligi ekinlari ekish maqsadida tuproq tashlab foydalanib kelayotganligi ma’lum bo’ldi. Fuqaro Z. Qutliyevga Kadastr agentligi Karmana tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning 21-mayda 01-15/104-sonli ogohlantirish xati berilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismiga asosan NV-05305-sonli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shuningdek, “Xo’ja Xisrav” MFY, Hamza ko’chasi 17-b-uyda yashovchi fuqaro Sh.Raximov Karmana ko’chasining Navoiy shahri bilan chegaradosh hududida yuqori bosimli elektr tarmog’ining himoya qismidan 5,04 kv.metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab, yengil konstruksiyali savdo do’koni o’rnatib foydalanib kelayotganligi ma’lum bo’ldi. Fuqaro Sh.Raximovga Kadastr agentligi Karmana tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning 21-mayda yuqori bosimli elektr tarmog’ining himoya qismidan 5,04 kv.metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab, o’rnatgan yengil konstruksiyali savdo do’koni belgilangan tartibda olinib, 10 (o’n) kun muddatda yer maydonini oldingi holatiga qaytarish bo’yicha 01-15/105-sonli ogohlantirish xati berilganligini ma’lum qilamiz.