RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumani “Zarafshon” mahallasi Qavala 215-ko‘p qavatli uyining yon tomonida tadbirkor tomonidan qurilish qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan 12 kv.m yer maydonidan ortiqcha 39 kv.m yerni egallagan holda qurilish qilganligi haqidagi xabar e’lon qilindi.
Ushbu holat tegishli tashkilotlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, Karmana tumani “Talqoq” ko‘chasi, O‘zbegim to‘yxonasining orqa yon tomonidan (hozirgi “Zarafshon” mahallasi Qavala ko‘chasi 215-ko‘p qavatli uyining yon tomoni) boshlang‘ich narxi 114 ming 840 so‘m bo‘lgan 12 kv.m yer maydon (faoliyat turi-oziq va nooziq) 2022-yil 28-iyundagi №SX28182-sonli “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “ko‘chma savdo” uchun elektron savdo platformasiga (lot raqami №2785456) qo‘yilgan. Dastlab 2022-yil 6-sentyabrda o‘ynalgan elektron savdoda ushbu yer maydoni 1-g‘olib 17 million 19 ming 288 so‘m, 2-g‘olib 17 million 7 ming 804 so‘mga yutilgan. Ammo ushbu maydon ikala g‘olib tomonidan ham to‘lov qilinmaganligi sababli (lot raqami №3274228) qayta savdoga qo‘yilgan.
Mazkur yer maydonini ikkinchi savdosi 2022-yil 25-oktabr kuni qayta o‘ynalgan bo‘lib, savdo natijalariga ko‘ra 1-g‘olib 436 ming 392 so‘mga, 2-g‘olib 424 ming 908 so‘mga mazkur maydonni yutib olgan. Ushbu yer maydoni 1-g‘olib tomonidan 2022-yil 3-noyabrdagi KS 163-586213-sonli bayonnomaga asosan sotib olingan.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 485-sonli qaroriga asosan ushbu onlayn https://ye-auksion.uz/ elektron savdo platformasi orqali elektron tarzda sotib olinadigan yer maydonlari inson omili aralashuvisiz amalga oshiriladi hamda yuqoridagi qarorga asosan elektron savdolar yopiq holda amalga oshirilishini imkoni mavjud emas.
Ushbu ob’yekt joyiga borib o‘rganilganda tadbirkor tomonidan o‘sha uyda yashovchi aholi talab-istaklaridan kelib chiqib, loyiha asosida zamonaviy ko‘rinishdagi yengil konstruksiyali savdo do‘koni hamda bolalar maydonchasi qurilayotganligi aniqlandi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-oktyabrdagi “Ko’p kavrtirali uylarni boshqarish” to’g’risidagi qonuni 3-bob 13-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Ko’p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi 5152-sonli qarori 7 bandiga asosan 214, 215-uyda yashovchi xonadon mulkdorlari hamda tadbirkor bilan birgalikda 2023-yil 10-oktyabrda ushbu ko’p kvartirali uy oldiga yangi bolalar maydonchasi hamda ijara asosida yangi qo’shimcha bino qurib vaqtincha foylanaish uchun kelishib olinadi hamda ushbu yig’lish bayoni rasmiylashtiriladi. Bugungi kunda tadbirkorda tegishli tartibdagi hujjatlarning mavjudligi aniqlanganligini ma'lum qilamiz.