“DOLZRAB 40 KUNLIK” BOSHOQLI DON EKINLARINI ASRASH TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

      O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida 12-martdan 21-aprelgacha boshoqli don ekinlarida uchrashi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarga qarshi kurash ishlarini o‘tkazish maqsadida “Dolzrab 40 kunlik” e’lon qilingan.Ushbu tadbir doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi Karmana tuman bo‘limi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari tomonidan ham bir muncha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.


     Tumanda 2024-yil g‘alla hosili uchun 7700 gektar yerda parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlarida mutaxassislarimiz tomonidan 12278 gektar maydonda 701 marta dala monitoringgi o‘tkazilib efito.uz tizimiga kiritildi.
Bu yilgi ob-havoning seryog‘in kelishi g‘alla maydonlarida zang kasalligini kupayishi uchun qulay sharoit bo‘lmoqda. Buni yaxshi anglagan dehqon-fermer xujaliklarida bugungi kungacha 7928 gektar maydonda zangga qarshi profilaktika maqsadida kimyoviy kurash ishlari o‘tkazdildi. Hozirgi kunda g‘alla maydonlariga ikkinchi marta zangga qarshi kimyoviy kurash ishlari davom etmoqda.


       Bundan tashqari bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi 5942 gektar, boshoqli begona o‘tlarga qarshi 5681 gektar maydonda kimyoviy kurash ishlari o‘tkazildi. Bargdan oziqlantirish o‘simlikning fitosentiz jarayonini jadallashtiradi, kasallik va zararkunandalarga chidamligini oshiradi. 9752 gektar g‘alla maydonlarida biostimulyatorlar bilan bargdan oziqlantirish ishlari o‘tkazildi.
Sug‘orish ishlari mahalliy o‘g‘it bilan sharbat usulida amalga oshirilmoqda, bu o‘z navbatida o‘simlikni tuproqda yetishmayotgan mikroelementlar bilan ta’minlaydi.

O‘simliklar karantini va himoyasi Karmana tuman bo‘limi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari Vaxobjon Odilov, Jonibek Zayniyev, Murodulla Xidirov.