KARMANA TUMANI HOKIMI VALIJON ADIZOVNING MADANIYAT VA SAN'AT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Madaniyat va san’at sohasining zahmatkash va fidoyi vakillari!

 

       Avvalo, siz, azizlarni, – Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Barchamizga ayonki, inson qalbiga olijanob fazilatlar, ezgu his-tuyg‘ularni singdirib, jamiyatni birlashtirish va taraqqiy ettirish, xalqni, Vatanni dunyoga tarannum etishda madaniyat va san’atning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.

    So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli sohada qator islohotlar amalga oshirilayotgani barchamizga ma’lum. Qabul qilinayotgan qator qaror va farmonlar xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 15-aprel sanasini “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” etib belgilanishi sohaning barcha vakillari tomonidan beqiyos xursandchilik bilan kutib olindi.

       Shu munosabat bilan barcha madaniyat va san’at fidoiylarini bugungi ayyom bilan chin qalbdan qutlab, barchangizga zalvorli, faxrli kasbdagi mashaqqatli mehnatlaringiz uchun chuqur hurmatimni bildirib, samimiy, ezgu tilakalarimni izhor etaman.

Xalqimizga quvonch, madaniy xordiq bag‘ishlab, yuksak ma’naviyatli, Vatanga sodiq farzandlarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan Siz azizlarga sog‘lik-salomatlik, xonadoningizga fayzu-baraka, ijodiy barkamollik tilayman.

Yana bir bor barchangizga 15-aprel – “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” muborak bo‘lsin!