Karmana tumani hokimi v.v.b Sh.Zayniyevning  “Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

 

Assalomu alaykum qadrli tumandoshlar, hurmatli fermerlar va qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari!

  Mehnat mavsumi oxirlab, sohadagi ishlar sarhisob qilinayotgan mana shu qutlug‘ damlarda siz, azizlarni bugungi kasb bayramingiz – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu shukuhli ayyomda, avvalo, halol peshona teri, fidokorona mehnati bilan yerdan noz-ne’mat undirib, hayotimizga qut-baraka, fayzu quvonch olib kiradigan mirishkor dehqonlarimiz, barcha soha xodimlariga eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

 

Aziz fermer va dehqonlar!

Biz sizlarning timsolingizda har qanday murakkab sharoitda ham o‘z kasbi va burchiga sodiq qolib, el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan zahmatkash, mard va olijanob insonlarni ko‘ramiz.

Qadrli tumandoshlar!

Mana shu quvonchli ayyomda o‘zining fidokorona mehnati, boy bilim va tajribasi bilan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi rivojini yangi bosqichga olib chiqishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan dehqon va fermerlarimiz, sohada mehnat qilayotgan barcha tumandoshlarimizga o‘z nomimdan, butun tumanimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.

Doimo mehnatingizning rohatini ko‘rib yuring!