Karmana tumani hokimi v.v.b Sh.I.Zayniyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

 

Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!

        Avvalo, Siz azizlarni va Sizlar orqali butun tumanimiz ahlini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz bir yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

        Hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotganini hammamiz yaxshi bilamiz va buni yuksak qadrlaymiz.
O‘tgan davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy manzarasi butunlay o‘zgardi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishlariga aylandi.
           Bu borada, Konstitutsiyamiz, yurtimizda huquqiy demokratik davlat, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurishda, xalqimiz uchun farovon hayot barpo etishda, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu yilda Bosh Qomusimiz fuqarolarimiz va jamiyatimiz talablariga to‘la mos holda yangilangani, unda inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari kafolatlanganligi, davlatimizning kelgusi taraqqiyot yo‘li va fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qilish qonuniy va huquqiy mustahkamlab berdi.
              Yurtimizda istiqlol yillarida yuz bergan olamshumul o‘zgarishlar, tinchlik-osoyishtalik, to‘kin va farovon hayotimiz, yoshlarimizning jahon maydonlarida erishayotgan yutuq va g‘alabalari – bularning barchasining muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori, albatta, Konstitutsiyamizdir, desak haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Xurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”.
Bugungi kunda Konstitutsiyamiz bilan mustahkamlab qo‘yilgan tamoyillarni amalga oshirish yo‘lidan dadil odimlab borayotganimiz, aholi turmush darajasi va sifatining jadal o‘sib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni butunlay o‘zgarib borayotgani barchamizga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Oxirgi yillarda yurtimizda asrlarga tatigulik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, katta o‘zgarishlar yuz berdi.
Barchamiz bir bo‘lib, YANGI O‘ZBEKISTONni bunyod etishda o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz.
         Bu o‘zgarishlarni uzoqqa bormay, ayni kunlarda tumanimizdagi ulkan bunyodkorlik ishlari, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Birgina, 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi doirasida hududda bajarilgan ishlarga jami 100,0 milliard.so‘mdan ortiq mablag‘ sarf etilgani ham amalga oshirilgan bunyodkorliklar ko‘lami qanchalik ulkan va e’tirofli ekanligidan dalolatdir.
Albatta, erishilayotgan yutuqlar xalqimizning fidokorona mehnati natijasi hamda Konstitutsiyamiz normalarining hayotimizga to‘liq tadbiq etilishi samarasidir.
Qadrli tumandoshlar!
Yangilangan Konstitutsiyamizda qiladigan barcha ishlarimiz INSON QADRI UCHUN shiori ostida amalga oshirilishi, Davlatimiz o‘zini ijtimoiy davlat ekanligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, hayot sifatini yaxshilash, uy-joy, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy himoya tizimlarini tubdan takomillashtirishni belgilab olganligi va bu yo‘nalishlarda ko‘plab amaliy ishlar bajarilayotganligi barchamizni birday xursand etadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamirida avvalo fuqarolarning bugungi kundan rozi, farovon hayot kechirishlarini ta’minlashdek ulug‘vor maqsad mujassamdir.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari,

So‘zim yakunida Sizlarni yana bir bor, Bosh Qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami bilan qutlar ekanman, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik, ezgu ishlaringiz va tashabbuslaringiz ro‘yobida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!