Ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivlari domiga kelinglar kattakonlar fuqarolar yomg‘irga qolib ketibdiku, Karmana tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivlari domida elektr toki kabellari balkonda osilib yotibdi karmana tumanida elektroset kattakonlari yuqmi? nazorat qillinglar Karmana tumani qurilish bo‘yicha zam hokim bormi? odamlarni uylari yomg‘ir suvidan to‘lmoqda qurulishni nazorat qilmayapsizmi? (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida ma’lumot e’lon qilindi.

           Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, pudrat tashkilot “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ tomonidan ko‘p qavatli turar joy ob’yektini ichki havo aylanish shaxtalarining tomdan chiqish qismida yomg‘ir qor suvlaridan himoya vositalari asosga mustahkam montaj qilinmaganligi sababli, kuchli shamol ta’sirida shaxtlarning yuqori qismidan ajralgan. Natijada yog‘ingarchilik davrida 1-uy, 23-xonadon oshxona havo aylanish shaxta qismidan suv o‘tish holati sodir bo‘lgan.

         Bugungi kunda Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining berilgan ko‘rsatmalariga asosan pudrat tashkilot “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ tomonidan turar joy ob’yektining ichki havo aylanish shaxtalarining tomdan chiqish qismida yomg‘ir, qor suvlaridan himoya vositalarini montaj qilish, massivdagi boshqa ko‘p qavatli turar-joylar tom qismini qayta ko‘zdan kechirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va 1-uy 23-xonadon oshxonasini devorining pardozlash ishlariga zarar yetgan qismini qayta ta’mirlash ishlarini olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.