TELEGRAF.UZ nomi bilan yuritiluvchi telegram Ijtimoiy tarmog‘i kanalida "Karmana tumani “to‘rtligi” o‘rtada pul tashlashib mayning fermalar ochib soqqa qilib kelishgan" (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida e'lon qilingan ma’lumot yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

 

        Ushbu holat yuzasidan Karmana tuman hokimligi tomonidan quyidagilar ma'lum qilinadi. Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Prezident tomonidan Karmana tumani hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, ichki ishlar, elektr tarmoqlari rahbarlari o‘n oyda hududda shuncha elektrdan o‘g‘irlikni payqamagani, tumanda oylik iste’mol birdaniga 5 foizga oshganini tahlil qilmagani tanqid qilinib, ushbu rahbarlarning barchasi ishdan olinishi belgilandi.

        Shuningdek, TELEGRAF.UZ  telegram kanalida e'lon qilingan "Karmana tumani “to‘rtligi” o‘rtada pul tashlashib mayning fermalar ochib soqqa qilib kelishgan" sarlavhasi ostidagi ma'lumot haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qilamiz hamda ijtimoiy tarmoqlarda asossiz, yolg‘on axborotni tarqatish uchun qonunchilikda belgilangan javobgarliklar borligini eslatib o‘tamiz.